This isn't an official website of the European Union

Tabiatga zararsiz, Ongli ravishda va Mas'uliyat bilan!

09.12.2020
Remote video URL

Dunyoni yaxshi tomonga o'zgartirish va tabiat bilan hamnafas bo'lish Bularning barchasini biz Parij bitimining 5 yilligi munosabati bilan Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi Delegatsiyasi tomonidan tashkil etilgan #Atrof-muhit haftaligi tufayli tushuna oldik.

Aqllik bilan iste'mol qilish. Kundalik odatlarni o'zgartirish.

Sayyoramiz kelajagi uchun javobgarlikni his qilish.

Dunyoni yaxshi tomonga o'zgartirish va tabiat bilan hamnafas bo'lish Bularning barchasini biz Parij bitimining 5 yilligi munosabati bilan Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi Delegatsiyasi tomonidan tashkil etilgan #Atrof-muhit haftaligi tufayli tushuna oldik.

Ushbu yetti kun davomida biz:

Atrof-muhitga e'tiborli ravishda yashash tarzi haqida o'rgandik;

Tabiiy resurslarni ortiqcha sarflanishiga yo'l qo'ymaslik mumkin bo'lgan hayot saboqlari haqida bilib oldik;

Tafakkurimizni o'zgartirdik va shu bilan o'z kelajagimizga ulkan hissa qo'shdik.

Global ekologik falokat tahdidi bo'lmagan farovon dunyoga intilishni davom ettiramiz

Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi Delegatsiyasi atrof-muhit, suv va energetika sohasidagi loyihalari global o'zgarishlarni kutib olishga tayyor ekanligimizni yaqqol namoyish etadi.

Biz #Atrof-muhitni muhofaza qilish haftaligini qo'llab-quvvatlagan barcha hamkorlarimizga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Biz rivojlangan mamlakatlarning ilg'or tajribalarini qabul qilganimizdan va yangicha yashashni o'rganayotganimizdan faxrlanamiz!

Tabiatga zararsiz, Ongli ravishda va Mas'uliyat bilan

#YevropaIttifoqiAtrofmuhitUchun #TabiatBilanHamnafas #EU4Environment #BeTheWave ⁣⁣ #ЕСЗаОкружающуюСреду #НаВолне