This isn't an official website of the European Union

Oliy vakil / Vitse Prezident Kaya Kallas bilan Yevropa Ittifoqining Siyosati boʻyicha Yoshlar Muloqoti

Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili va Yevropa Komissiyasi Vitse-prezidenti (OV/VP) Kaya Kallas 2025 yil 6 martda Bryusseldagi Yevropa Ittifoqining Tashqi Siyosati bo‘yicha birinchi Yoshlar Muloqotini tashkil etadi.

 

Yevropa Ittifoqining tashqi siyosatida yoshlarni qoʻllab quvatlash

4 martdan 6 martgacha 25ta yosh ishtirokchi o‘z fikrini bildirish, g‘oyalarini ifoda etish va oliy darajadagi Yevropa Ittifoqi vakillari, siyosatchilar va OV/VP Kaya Kallas bilan faol muhokamalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu muloqot Bryusseldagi Yevropa Tarixi Uyida o‘tkaziladi va yillik muhokamalar ketma ketligi boshlanishini belgilaydi. Bu fikr almashuvlari yoshlarning ovozlari bizning ishimizda aks etishini ta’minlaydi.

Siyosiy Muloqot nima?

Men barcha Komissarlarni vakolat davrining birinchi 100 kuni ichida o‘zlarining ilk yillik Siyosati boʻyicha Yoshlar Muloqotini tashkil etishiga chaqiraman. Ushbu muloqot har yili takrorlanadi.”

Deya ta’kidladi Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen, o‘zining 2024-2029 yilgi Siyosiy Yo‘l-yo‘riqlarida.

Siyosat boʻyicha Yoshlar Muloqoti yoshlarni Yevropa Ittifoqining siyosiy tashabbuslari bo‘yicha fikrlarini bildirish uchun platforma yaratish maqsadida tashkil etilgan. Ushbu muloqotlar yoshlarni va Yevropa Komissarlarini interaktiv muhitda birlashtiradi, shu bilan birga yoshlarning nuqtai nazari Yevropa Ittifoqining qarorlar qabul qilish jarayoniga integratsiya qilinishini ta’minlaydi. Ochiq muhokama va almashuvlar orqali, dialoglar yoshlar va Yevropa rahbarlari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatishni maqsad qilgan bo‘lib, ularni demokratik hayotda faol ishtirok etishiga imkon yaratadi. Ushbu muloqotlarda ishtirok etish orqali yoshlar siyosiy qarorlar ortidagi sabablarni va ularning ta’sirini chuqurroq tushunish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Yevropa Ittifoqining Tashqi Siyosatiga bagʻishlangan birinchi Siyosat boʻyicha Yoshlar Muloqoti Yevropa Ittifoqining yoshlarning fikrini qoʻllab quvatlashga va ularning kuchliroq Yevropa kelajagini shakllantirishdagi mazmunli ishtirokini ta’minlashga bo‘lgan sadoqatini ta’kidlaydi. Birgalikda biz tinchlik, demokratiya, inson huquqlari va farovonligi kabi umumiy qadriyatlar asosida yanada birlashgan, barqaror va inklyuziv Yevropani qurishimiz mumkin.

2025 yil mart oyida va undan keyin nima bo‘ladi?

Muloqotni boshlash uchun, 19-30 yoshdagi Yevropa Ittifoqi va dunyoning boshqa burchaklaridan 25ta ishtirokchi, uch kunlik interaktiv tadbirda ishtirok etishga taklif qilingan. Dastur, Yevropa tashqi siyosatida va global muammolarda yoshlarning ishtirokini ta’kidlashga qaratilgan bo‘lib, interaktiv seminarlar va jamiyat qurishga qartilgan faoliyatlarini oʻz ichiga oladi. Muhokamalar Prezident fon der Lyayen tomonidan OV/VP Kaya Kallasga yuborilgan missiya xatiga asoslanadi. Hamkorlik va mazmunli dialogni ta’minlash maqsadida, ishtirokchilar bilan 7 fevral va 19 fevralda ikkita tayyorlovchi onlayn yig‘ilishlar o‘tkaziladi. Ushbu yig‘ilishlar ishtirokchilarga muloqot uchun kun tartibini birgalikda yaratish imkoniyatini beradi, shu bilan birga ularning ustuvorliklari muhokamalarda aks etishini ta’minlaydi. Ikki yosh moderator guruhni boshqaradi va OV/VP Kaya Kallas bilan muloqot davomida barcha ishtirokchilarning o‘z fikrlarini ifoda etishlarini ta’minlash uchun mazmunli suhbatlarni o‘tkazadilar. Ushbu Siyosat boʻyicha yoshlar muloqotining natijasi yoshlarning nuqtai nazarini siyosatni shakllantirishda inobatga olishni ta’minlash va Yevropa Ittifoqining tashqi siyosatida yoshlar ovozini muvofiqlashtirish uchun operatsion usullarni taklif etuvchi birinchi xulosalar ketma ketligini tashkil qiladi. Bundan tashqari, ushbu xulosalar yosh ishtirokchilar va ularning tarmoqlari (shu jumladan, yetarlicha vakillik qilinmagan guruhlar) bilan kelajakda hamkorlikni o‘rnatish imkoniyatlarini o‘rganadi, bu esa doimiy hamkorlik, aloqa va resurslarni almashish uchun imkoniyat yaratadi.

Birinchi Yoshlar Siyosati Muloqoti Yevropa Tashqi Harakatlar Xizmatlari (EEAS) va Yevropa Komissiyasining Tashqi Siyosat Xizmati (FPI) tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.