YEVROPA ITTIFOQI BILAN MUNOSABATLAR
Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston
Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistondagi islohotlar dasturini texnik va moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi va barcha sohalarda, xususan inson huquqlari, matbuot erkinligi, samarali boshqaruv hamda xalqaro ahamiyatga ega masalalarda mutasaddi tashkilotlar bilan doimiy hamkorlik qiladi.
Siyosiy Aloqalar
Huquqiy asos va institutlar
Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston Respublikasi o'rtasidagi Sheriklik va Hamkorlik to'g'risidagi Bitim (SHB) 1999-yildan beri amal qiladi. Ushbu bitimning imzolanishi siyosiy o’zaro muloqotlar, samarali boshqaruv, adolat va ichki ishlar, demokratiya va inson huquqlari, savdo, biznes va sarmoyaviy munosabatlar, iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik va texnik yordam bilan bog’liq masalalar bo’yicha o’zaro aloqalarning keng doirasini shakllantirishga zamin yaratadi.
Aloqalar har yili Hamkorlik kengashlarini (vazirlar darajasida) o’tkazish, Hamkorlik qo’mitalarining (yuqori lavozimli amaldorlar darajasida) va uchta kichik qo’mitalarning faoliyati orqali tartibga solinadi:
- Odil sudlov, Ichki Ishlar, Inson Huquqlari va shu bilan bog'liq masalalar;
- Rivojlanish bo'yicha hamkorlik;
- Savdo-iqtisodiy va Investitsiya sohasidagi hamkorlik.
Ikkala tomon Parlamentlari muntazam uchrashuvlar ham o'tkazadilar.
2018-yil oxiridan boshlab Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston Kengaytirilgan Sheriklik va Hamkorlik to'g'risidagi Bitim (KShHB) bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu Yevropa Ittifoqi va O’zbekistonning o’zaro munosabatlarini mustahkamlash va O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni, shu jumladan savdo sohasidagi islohotlarni qo’llab-quvvatlashdagi umumiy manfaatlarni aks ettiradi. 2019-yilgi Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo’yicha strategiyasi hamkorlikning mintaqaviy asosini ta’minlaydi.
Iqtisodiy Aloqalar
Hamkorlik va Yordam Yo'nalishlari
Yevropa Ittifoqi har yili O'zbekistonga birinchi navbatda iqtisodiy rivojlanishni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan moliyaviy yordam ko’rsatadi. 2017-yildan boshlab Yevropa Investitsiya Banki va Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki o’zaro hamkorlikni tikladilar hamda amalga oshirilayotgan loyihalar soni va hajmi sezilarli darajada oshdi.
2014-2020 yillar davomida Yevropa Ittifoqining O'zbekistonga moliyaviy yordami 168 million yevroni tashkil etdi, bu 2007-2013 yillar davriga nisbatan 124 foizga o'sdi. Ko'p Yillik Indikativ Dasturiga muvofiq, 2014-yildan 2020-yilgacha Yevropa Ittifoqi Ozbekiston qishloq joylarini rivojlantirishga ko’maklashdi. Ushbu ko'mak suvni barqaror boshqarish va sug'orish, bog'dorchilik, polizchilik, chorvachilik, kasb-hunar ta’limi va mahalliy ma'muriy islohot bo’yicha loyihalarni o'z ichiga oladi.
Yevropa Komissiyaning ustuvor yo'nalishlariga muvofiq, Yevropa Ittifoqining 2021-2027 yillarga mo'ljallangan ustuvor yo'nalishlari va sohalariga quyidagilar kiradi: Samarali boshqaruv va raqamli transformatsiyalar; Inklyuziv, raqamli va yashil o'sish; ekologik toza qishloq xo'jaligi oziq-ovqat sektorini rivojlantirish.
Savdo va Investitsiyalar
Sherikchilik va hamkorlik to'g'risidagi bitim, GSP+ va JSTga a'zo bo'lish
Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston Respublikasini bir tomonlama Umumiy Imtiyozlar Tizimi (GSP) asosida barqaror rivojlanish va yaxshi boshqaruvni rivojlantirish bo‘yicha maxsus tizimning (GSP+) 9-foyda oluvchi mamlakati sifatida qabul qildi. Yevropa Ittifoqi ushbu kelishuv asosida O‘zbekistondan olib kiriladigan tovarlarga imtiyozli bojlarni 2021-yil 10-apreldan qo'llashni boshladi.
GSP tomonidan qoplanadigan mahsulotlarning uchdan ikki qismiga bojlarning olib tashlanishi eksportning o'sishi va mamlakatga ko’proq investitsiyalarni jalb qilish uchun imkoniyatlar yaratadi. Bu O'zbekistonning yanada ishonchli va istiqbolli iqtisodiy sherik sifatida mavqeiga hissa qo'shadi. GSP+, shuningdek, Yevropa Ittifoqiga 27 ta GSP+ konvensiyasining samarali bajarilishini doimiy ravishda nazorat qilish majburiyatini yuklaydi.
Amaldagi Sheriklik va Hamkorlik to'g'risidagi Bitimga muvofiq, Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston o’zaro eng yaxshi imtiyozlarni taqdim etadilar:
- Import va eksportga nisbatan qo'llaniladigan bojxona to'lovlari va yig'imlari;
- Import qilinadigan tovarlarga nisbatan qo'llaniladigan bevosita va bilvosita soliqlar;
- Ichki bozorda tovarlarni sotish, sotib olish, tashish, tarqatish va ulardan foydalanish bilan bog'liq qoidalar.
Yevropa Ittifoqi, shuningdek, O'zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo’lishiga texnik yordam ko'rsatmoqda.
Mintaqaviy Hamkorlik
Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bilan mintaqaviy hamkorlik dasturlari ham O'zbekistonga foyda keltiradi
Markaziy Osiyo mintaqaviy loyihalari chegaralarni boshqarish tizimini isloh qilish, giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish, energiya samaradorligi va qayta tiklanadigan manbalar hamda qonun ustuvorligi, atrof-muhit va ta'lim kabi sohalarda mintaqaviy hamkorlikni qo'llab-quvvatlaydi. 2010-yilda Markaziy Osiyo uchun Investitsiya Jamg’armasi (IFCA) tashkil topdi va u Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi beshta mamlakatlar rivojlanishiga bag’ishlangan ko’mak dasturi bo’lib, Yevropa va xalqaro moliya institutlarining kreditlarini birlashtiradi.
Markaziy Osiyo mintaqasi ayniqsa tabiiy xavf-xatarlarga, shu jumladan zilzilalar, toshqinlar va ko'chkilarga moyil hisoblanadi. Milliy institutlar va mahalliy jamoalarning tabiiy ofatlarga tayyorgarlik ko'rish va ularga qarshi kurashish salohiyatini oshirish Yevropa Ittifoqining mamlakatdagi insonparvarlik harakatlarining ustuvor yo'nalishi hisoblanadi. Amaldagi Tabiiy ofatlarga Tayyorgarlik Dasturiga ko’ra, Komissiya aholining takroriy ofatlarga qarshi tayyorgarligini oshirish bo'yicha jamoatchilik tashabbuslarini moliyalashtiradi.1994-yildan 2015-yilgacha Markaziy Osiyoga Yevropa Ittifoqining insonparvarlik uchun ko’rsatgan moliyaviy yordami 222 million yevrodan oshdi.
Yevropa Ittifoqining inson va ijtimoiy rivojlanish (Odamlarga sarmoya kiritish) (havola tashqi), energetika, atrof-muhit, migratsiya va boshpana, barqarorlik va tinchlik, demokratiya va inson huquqlari kabi muammolarni qamrab olgan turli xil tematik hamkorlik dasturlaridan O'zbekiston ham bahramand bo'lishi mumkin.
Inson Huquqlari
Yevropa Ittifoqi tashqi aloqalarda demokratiya va inson huquqlariga amal qiladi
Har yili Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston Doimiy Hakamlik Sudining Adliya va Ichki ishlar bo'yicha quyi qo'mitasining yig'ilishi bilan Inson Huquqlari Muloqoti o'tkazadilar. U yerda inson huquqlari bilan bog'liq keng ko'lamli masalalar muhokama qilinadi: penitentsiar tizim, qiynoqlar va yomon munosabatning oldini olish, mehnat huquqlari, fuqarolik jamiyati, uyushmalar erkinligi va tinch yig'ilishlarda ayollar huquqlari, bolalar huquqlari va kamsitishga qarshi kurashish, so'z erkinligi va din yoki e'tiqod erkinligi.
Adliya va Ichki Ishlar bo'yicha quyi qo'mita qonun ustuvorligi, samarali boshqaruv va sud tizimini isloh qilish, sudlar bilan hamkorlik, korruptsiyaga qarshi kurash, migratsiya, boshpana va chegaralarni boshqarish, terrorizmga qarshi kurash va ekstremizmning oldini olish masalalarini muhokama qilish uchun imkoniyatdir.
Hozirgi kunda KShHB O'zbekistonni isloh qilish va modernizatsiya qilish jarayonini qo'llab-quvvatlash uchun demokratiya, qonun ustuvorligi, inson huquqlari va asosiy erkinlikka yanada kuchli ahamiyat bermoqda.
Madaniy Aloqalar
Yevropa kinofestivali: 8 yil, 9 ta mintaqa, Yevropa Ittifoqining 22 ta mamlakatlaridan 28 ta film, 26000 ta tomoshabinlar
2013 yildan boshlab Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi Delegatsiyasi «O'zbekkino» Milliy agentligi bilan birgalikda har yili Toshkentda «Yevropa kinofestivali» ni tashkil etib kelmoqda. Bu allaqachon O'zbekistondagi eng ko'zga ko'ringan va yirik madaniy loyihalardan biriga aylandi. U har yili poytaxtda besh mingga yaqin tomoshabinni qabul qiladi.
2016 yildan boshlab festival O'zbekistonning boshqa shaharlarida ham o'tkazila boshladi. 2017-yilda festival Toshkentdan tashqari Navoiy va Nukusda, 2018-yilda Shahrisabz va Farg'onada, 2019-yilda Urganch, Nukus va Jizzaxda tashkil etildi. Festival doirasida latviyalik hujjatli film kinorejissyori Daynis Klava yosh kino prodyuserlarga bir nechta seminarlar o'tkazish uchun mamlakatga tashrif buyurdi. 2020-yilda Yevropa Komissiyasining moliyaviy ko'magi bilan hujjatli filmlar yaratish bo'yicha birinchi Xalqaro YI-FOCUS kino laboratoriyasi ishga tushirildi.
Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi Delegatsiyasi mamlakatdagi Yevropa Ittifoqining Milliy Madaniyat Institutlari (EUNIC) tarmog'ini muvofiqlashtiradi va madaniyat sohasidagi innovatsion yechimlarni qo'llab-quvvatlaydi.
Global Gateway
Global Gateway is the European Union's bold strategy to foster smart, clean, and secure connections in the digital, energy, and transport sectors worldwide. It aims to strengthen health, education, and research systems, aligning fully with the UN's Agenda 2030, the Sustainable Development Goals, and the Paris Agreement on climate change.
Through the 'Team Europe' approach, the EU, its Member States, and their financial and development institutions will work hand in hand with the private sector. This collaboration aims to mobilize investments that will create a transformative impact across the globe.
At the country level, in Uzbekistan, the Global Gateway strategy focuses on strategic partnerships in raw materials, transport and digital connectivity.
On a broader regional scale, Global Gateway extends its efforts beyond Critical Raw Materials to include crucial areas such as Satellite Connectivity and Transport, fostering sustainable and inclusive development across Central Asia and also Mongolia.
By connecting continents and communities, Global Gateway is shaping a more resilient, green, and interconnected world.
Flagship projects – Uzbekistan:
Central Asia Digital Connectivity
The Global Gateway Initiative on Digital Connectivity will enhance Central Asian businesses and citizens' access to a secure, internet through trusted satellite connectivity.
The Digital Connectivity initiative will reduce digital divides in the region and promote inclusive, last-mile digital services. The EU will also integrate Central Asia into programmes and initiatives designed for the EU. This initiative will be the first concrete implementation of the Digital4Development Hub branch for Asia-Pacific.
It's main objectives are to
- promote digital connectivity and the development of the digital economy in Central Asia
- tackle the connectivity gap in the region by developing a high-capacity internet network, while increasing access to international bandwidth and establishing a secure connection between Europe and Central Asia
- mitigate the digital divide in the region and generate positive side effects for the wider economy
Strategic partnership with Uzbekistan on critical raw materials
This strategic partnership focuses on the following areas of cooperation:
- Integration of sustainable CRM value chains, including via networking, selection of project proposals, joint development of projects, promotion and facilitation of trade, and investment linkages along the whole value chain;
- Increasing the resilience of CRM supply chains and establishing a dialogue to enhance the transparency of measures related to investments, operations and exports;
- Mobilisation of funding for projects resulting from the Partnership, as well as for the development of infrastructure required for the development of CRM value chains such as, but not limited to, the development of clean energy supply;
- Cooperation to achieve sustainable and responsible production and sourcing of CRMs;
- Cooperation on research and innovation, including the sharing of knowledge and technologies related to sustainable exploration, extraction, processing and recycling of CRMs;
- Cooperation on building of capacity to enforce relevant rules, and on developing training and skills.
Next steps
Following the signature of the MoU, the EU and Uzbekistan will jointly work on the establishment of an operational roadmap with concrete implementation actions.