Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Terhi Xakala mintaqaga xayrlashuv tashrifni amalga oshiradi
Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Terhi Xakala yaqin haftalar ichida mintaqaga hayrlashuv tashriflarini amalga oshiradi. Mazkur tashriflar turkumi uning faoliyati yakunlarini taqdim etish va Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni mustahkamlashga sodiqligini tasdiqlash imkonini beradi.
Tashrifi mobaynida Terhi Xakala hamkorlar, jumladan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning hukumat va fuqarolik jamiyatlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
2021 yilning iyul oyida tayinlangan, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlat tomonidan ma’qullangan vakolatining keyinchalik ikki muddati davomida elchi Terhi Xakala faoliyati ko‘p tomonlama mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishga qaratildi. Hamkorlik o‘zaro aloqadorlik, xavfsizlik, energetika, iqlim o‘zgarishi, suv resurslari, qonun ustuvorligi, ta’lim va xotin-qizlar huquqlariga alohida urg‘u berilgan holda inson huquqlari va boshqa masalalarni qamrab oldi.