This isn't an official website of the European Union

O‘zbekiston — Matbuot kotibning mamlakat parlamentiga o‘tkazilgan saylov bo‘yicha bayonoti

30.10.2024 EEAS Press Team

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda 27 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda YeHXTning kuzatuvchi sifatida missiyasining dastlabki bahosini ma’lumot sifatida qabul qildi.

Missiyaning fikricha, saylov qonunchiligini muttasil takomillashuvi va saylovga yaxshi texnik tayyorgarlikka qaramasdan, siyosiy muhit saylovchilar uchun aniq tanlov imkoniyatisiz cheklangan holda qolmoqda.

Yevropa Ittifoqi qayta ko‘rib chiqilgan qonunchilik bazasi doirasida bu saylovlarda erishilgan yutuqlarni, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ovoz berish imkoniyatlarini ta’minlash uchun amalga oshirilgan choralarni, hamda parlamentning yangi tarkibida ayollar 40 foizdan kam bo‘lmagan o‘rinni egallashlari kabi voqelikni qutlaydi va o‘zbek hukumatini mazkur saylovlarda texnik standartlarning yangi darajasiga erishilgani bilan tabriklaydi.

Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi  saqlanib qolayotgan muammolarni, jumladan, muholifat partiyalarini saylovlarda ishtirokini mustasno qiluvchi faqat hokimiyat tomonidan rasman  ma’qullangan nomzodlarni ilgari surish imkoniyatlarini ham qayd qiladi. Yevropa Ittifoqi, shuningdek, buzilishlar, mansab su’istimolchigi, hamda saylovlar kuni ish tartiblari va texnik muammolari va saylov jarayonlarini haqqoniyligini xavf ostiga soluvchi va ularning shaffofligiga putur etkazuvchi ehtiyotkorlik choralariga rioya qilinmagani haqidagi Yevropa Ittifoqi YeHXTning ko‘p sonli xabarlarini ham keltirmoqda.

Yevropa Ittifoqi mamlakatdagi saylovlar haqiqatan ham sof va erkin kabi bo‘lganini ma’qullash uchun O‘zbekistonga demokratik jarayonlarni yanada rivojlantirishi lozim bo‘ladi, deb hisoblaydi. Kelajakda parlament saylovlariga mustaqil nomzodlar kiritilishi kerak. Shu jumladan, muholifat vakillarini ishtirokidagi sermazmun ommaviy debatlarni o‘tkazish va islohotlarni amalga oshirish uchun uzoq muddatli sharoitlarni yaratish mutlaqo zarur va ular mamlakatga va aholiga haqiqiy foyda keltiradi.

YeI O‘zbekistonni demokratik islohotlarni va, ayniqsa, saylovlarni kuzatish bo‘yicha YeHXT DIIHVning amaldagi va avvalgi missiyalari taqdim etgan tavsiyalarni to‘liq amalga oshirishdagi sa’y-harakatlarini avvalgidek qo‘llab-quvvatlash niyatida.

Nabila Massrali
Spokesperson for Foreign Affairs and Security Policy
+32 (0) 2 29 88093
+32 (0) 460 79 52 44
Pedro FONSECA MONIZ
Press Officer for Foreign Affairs and Security Policy
+32 (0)2 291 38 76
+32 (0)460 76 14 96