This isn't an official website of the European Union

Isroil/Falastin: Yevropa Ittifoqi Oliy Vakilining Falastin davlatini tuzishga qarshi Knessetning qarori xususidagi bayonoti

23.07.2024 EEAS Press Team

Yevropa Ittifoqi, hattoki Isroil bilan muzokaralar asosida hal qilishning bir qismi ekanligiga qaramasdan, Knessetning 18 iyul kunidagi Falastin davlatini tuzishga qarshi qaratilgan qarori munosabati bilan afsusda ekanini izhor qilmoqda.

Xalqaro hamjamiyatda Yaqin Sharqda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlaydigan yagona sobit qaror – bu ikki davlat modeli asosidagi yechim ekanligi borasida mustahkam konsensus yuzaga kelgan.

Yevropa Ittifoqi ikki davlat  tuzishni nazarda tutuvchi BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyusiyalari, shu jumladan, BMT Xavfsizlik kengashining 2735, 2728, 2720 va 2712 rezolyusiyasiyalari qarorlariga muvofiq mustahkam va barqaror tinchlikning hamisha tarafdori ekanini ta’kidlaydi. Falastinliklar va isroilliklar xavfsiz, munosib va tinchlik sharoitlarida yashash uchun bir xil huquqga ega.

O‘zining azaliy umumiy fikri va BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyalariga muvofiq Yevropa Ittifoqi, agarda tomonlar tomonidan kelishilmagan bo‘lsa, 1967 yildagi chegaralarni o‘zgarishini tan olmaydi.

Shu maqsadda biz siyosiy jarayonni tiklash ustida xalqaro va mintaqaviy hamkorlar bilan faol ishlashni davom ettiramiz. Falastin davlatchiligi tomon yagona amaliy yo‘l – ushbu siyosiy jarayonning eng muhim komponentidir. Falastin xalqining umidi va kelajagi mavjud emasligi esa nizoni faqatgina chuqurlashishiga olib keladi.

Nabila Massrali
Spokesperson for Foreign Affairs and Security Policy
+32 (0) 2 29 88093
+32 (0) 460 79 52 44
Gioia Franchellucci
Press Officer for Foreign Affairs and Security Policy
+32 229-68041