This isn't an official website of the European Union

“Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo yosh yetakchilar konferensiyasi: Barqaror suv harakati paradigmasini oʻzgartirish” mavzusida Toshkent shahrida oʻtkaziladi

2024 yil 30-31 oktabr kunlari “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo yosh yetakchilari konferensiyasi: Barqaror suv harakati paradigmasini oʻzgartirish” mavzusidagi mintaqaviy konferensiya oʻtkaziladi. Konferensiya Oʻzbekistonning Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

Konferensiya Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili va Xalqaro Nordik universiteti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar masalalari agentligi hamda “UzReportTV” axborot agentligi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Konferensiya suv resurslarini boshqarish va odamlar oʻrtasidagi aloqalarning muhim mavzulari boʻyicha “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” Yoʻl xaritasini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlagan holda Markaziy Osiyoning beshta davlatidan 35 yoshgacha boʻlgan 100 nafarga yaqin ishtirokchini oʻzida jamlaydi. Jumladan, talabalar, tashabbuskor yoshlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, tadqiqotchilar, ommaviy axborot vositalari, yosh siyosatchilar, shuningdek, hukumat ekspertlari vakillari ishtirok etadilar.

Konferensiya ochilishida Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Zulfiya Suleymenova, Tojikiston Respublikasi Energetika va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Jamshed Shoimzoda nutq soʻzladilar.  

Konferensiyada Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar elchilari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti vakillari, shuningdek, YXHTning Oʻzbekistondagi vakillari ishtirok etadilar. Konferensiyada Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi delegatsiyalari vakillari ham ishtirok etadilar.

Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo yosh yetakchilari konferensiyasi Markaziy Osiyoning yosh liderlarini mintaqaviy hamkorlikka jalb qilish va ularni tinglash, Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo kun tartibini ilgari surishda ishtirok etishni targʻib qilish imkoniyatini beradi. Xususan, Barqaror suv harakatiga eʼtiborlari jalb qilinadi. Konferensiya Markaziy Osiyo va mintaqalar boʻylab mintaqaviy muloqot va sheriklikni kuchaytiradi, shuningdek, Yevropa Ittifoqining jamoatchilikka taʼsiri va koʻrinishini oshiradi, iqlim barqarorligi va suv resurslarini boshqarish boʻyicha harakatlarini tushunishni taʼminlaydi.

Konferensiya Ochilish, Oliy darajali panel va Barqaror suv harakati boʻyicha Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo hamkorligi hamda Markaziy Osiyodagi suv inqirozini hal qilishda yoshlarning roliga bagʻishlangan ikkita tematik sessiyadan iborat boʻladi. Bundan tashqari, Konferensiya bir nechta interaktiv seminarlarni oʻz ichiga oladi, ular davomida ishtirokchilar suvdan foydalanish samaradorligi, tejamkorlik va suv diplomatiyasi kabi oʻzaro manfaatli suvga oid mavzularni muhokama qiladilar.

Shuningdek, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining tajriba maydoniga (Suvchilar maktabi) ekskursiya oʻtkaziladi, bu esa ishtirokchilarga amaliy tajriba orttirish imkonini beradi.

Ushbu noyob konferensiya Markaziy Osiyoning yosh yetakchilari uchun suv bilan bogʻliq muammolar boʻyicha oʻz nuqtai nazarlarini bildirish uchun platforma boʻlib xizmat qiladi va koʻplab sohalarda hamkorlik va fikr almashishga yordam beradi.

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili ofisi.

Tarjima: https://xs.uz/uz/post/evropa-ittifoqi-markazij-osiyo-yosh-etakchilar-konferentsiyasi-barqaror-suv-harakati-paradigmasini-ozgartirish-mavzusida-toshkent-shahrida-otkaziladi