This isn't an official website of the European Union

55 mingdan ortiq kishi Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi tomonidan tashkil etilgan, #YIAtrofMuhitUchun Haftaligining bir qismiga aylandi

09.12.2020

Oʻzbekiston yoshlari atrof-muhitni saqlash boʻyicha oʻz gʻoyalarini targʻib qilish maqsadida #HamnafasBoʻl eko-chellendji doirasida birlashdilar. Aksiya, YEIning Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, hamda “Oʻzgidromet” gidrometeorologiya xizmati markazining koʻmagida tashkil etilgan #YEIAtrofMuhitUchun Haftaligining ajralmas qismiga aylandi

Oʻzbekiston yoshlari atrof-muhitni saqlash boʻyicha oʻz gʻoyalarini targʻib qilish maqsadida #HamnafasBoʻl eko-chellendji doirasida birlashdilar. Aksiya, YEIning Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, hamda “Oʻzgidromet” gidrometeorologiya xizmati markazining koʻmagida tashkil etilgan #YEIAtrofMuhitUchun Haftaligining ajralmas qismiga aylandi

Toshkent, 09-dekabr, 2020y. – Iqlim boʻyicha Parij kelishuvining 5-yilligini nishonlash arafasida Oʻzbekistonda 1-dekabrdan 7-dekabrgacha #YEIAtrofMuhitUchun atrof-muhitni saqlash Haftaligi boʻlib oʻtdi. Barcha tadbirlar onlayn tarzda oʻtkazildi va #HamnafasBoʻl eko-chellendji orqali koʻplab yoshlarni jalb qildi. #HamnafasBoʻl aksiyasi – bu Yevropa Komissiyasi global tashabbusining bir qismi boʻlib, u insonlarga ham uyda, ham jamiyatda iqlimni va atrof-muhitni saqlash uchun oddiy va qulay harakatlarni amalga oshirishlari uchun turtki beradi.

Onlayn-tadbirlar

Haftaning asosiy tadbirlari Yevropa ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi Instagram va Facebook sahifalarida boʻlib oʻtdi. Atrof-muhitni saqlashga hissa qoʻshish boʻyicha targʻib qilinayotgan asosiy ekologik usullar orasida tish tozalash paytida stakandagi suvdan foydalanish, doʻkonda xaridlar qilishda qayta ishlatiladigan matoli xaltalardan foydalanish, xonalarda chiroqni oʻchirish, termokrujklardan foydalanish va koʻplab boshqa oddiy harakatlar boʻldi.

 

«Faollik qamrovi boʻyicha statistika bizda katta taassurot qoldirdi. Oʻzbekiston va uning tashqarisida yashovchi 55 mingdan ortiq inson #YEIAtrofMuhitUchun Haftaligining ajralmas qismiga aylandi. Bu degani, ekologiya va uni saqlab qolish boʻyicha amalga oshirilgan qadamlar insonlar qalbida oʻz aksini topdi. Raqamli kommunikatsiya kanallari – ekologiyaga befarq boʻlmagan insonlar uchun sayyoramizni saqlab qolish yoʻlida oʻzlarining toʻgʻri odatlari bilag oʻrtoqlashishlari uchun katta imkoniyat. Maqsadi 2050-yilgacha harorat isishining 2°S gacha saqlab qolishga qaratilgan Iqlim boʻyicha Parij kelishuvining 5-yilligi arafasida bugun amalga oshirilgan har bir chora – bu ertaga xatoliklarga olib kelmasligi kerak boʻlgan ongli kadamlar ekanligini anglash nihoyatda muhim. Suvni, elektrquvvatini tejashni boshlang, plastik paketlar va idishlarni ishlatishni kamaytiring, maishiy axlatni saralang, va eng muhimi, farzandlaringizni ushbu eko-odatlarga oʻrgating. Tez orada kutilgan aʼlo natijaga erishasiz», - deb taʼkidladi, Yevropa ittifoqi Oʻzbekistondagi Deligatsiyasining muvaffat ishlari vakili Yussi Narvi.

 

Eko-chellendjning eng faol ishtirokchilari eko-xalta, termokrujka va boshqalar kabi esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

 

 

Oʻzbekiston jurnalistlari uchun mahorat darsi

 

Haftaning asosiy tadbirlari orasida “Ekologiya mavzularini multimedia vositalari yordamida qizikarli tarzda yoritish” mavzusida Oʻzbekistonning bir qator yirik OAVlarning 20 nafar vakillari uchun oʻtkazilgan mahorat darsi boʻldi. Oʻquv tadbiri davomida ishtirokchilar ekologiya bilan bogʻliq mavzularni yana-da qiziqarli yoritish uchun qoʻllaniladigan koʻplab multimedia vositalari bilan tanishidilar. Shu bilan birga, eko-jurnalistikaning vizual vositasi yordamida hikoya qilish sanʼati “storitelling”, eko-layfxaklar, podkastlar, kartochkalar, roʻyxatlar, ekologik faktcheking, jurnalistik surishtiruv kabi formatlari ham koʻrib chiqildi. Mahorat-darsida mamlakatimizning 9ta viloyatidan onlayn va bosma OAVlari, shuningdek, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasidan jurnalistlar ishtirok etdilar. Barcha ishtirokchilarga Yevropa ittifokining Oʻzbekistondagi Deligatsiyasining sertifikatlari topshirildi.

 

 

Yevropa ittifoqining Oʻzbekistondagi loyihalari haqida OAVlarda maqolalar 

1-dekabrdan 7-dekabrgacha boʻlib oʻtgan #YEIAtrofMuhitUchun Haftaligi davomida Oʻzbekiston OAVlarida, Yevropa ittifoqi tomonidan Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoda amalga oshirilayotgan va moliyalashtirilayotgan atrof-muhit sohasiga oid 10 ta loyiha haqida maqolalar muntazam ravishda chop etildi.

 

Loyihalar nafaqat iqlim va atrof-muhitning oʻzgarishi sohasida, balki energetika, suv va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida ham yaqin hamkorlikni amalga oshirish imkoniyatini taʼminlaydi. Ushbu tashabbuslar, iqlimning oʻzgarishi bilan kurashish boʻyicha harakatlarning katalizatori boʻlgan Barqaror rivojlanish maqsadlariga, hamda Iqlim boʻyicha Kelishuv maqsadlariga xizmat qiladi.

Batafsil maʼlumot quyidagi havolalar orqali taqdim etilgan.

  1. Suv muammosini bosqichma-bosqich hal qilish. Yevropa ittifoqining loyihasi suvdan ratsional foydalanish haqidagi bilimingizni oshiradi;
  2. “Shunday qilishimiz kerakki, suv barchaga yetishi kerak” — deya taʼkidladi ekspert. Qishloq joylarida suvni boshqarish tizimi haqida;
  3. Yashil texnologiyalar va berk sikl iqtisodiyoti: «Innovatsion Oʻzbekiston» dasturi doirasidagi yutuqlar;
  4. Yevropa ittifoqi Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoda havo, suv sifatini va ekologik vaziyatni yaxshilashga yordam koʻrsatmoqda
  5. Yevropa ittifoqi va UNDP Oʻzbekistondagi qishloq joylaridagi aholi hayotining sifatini yaxshilamoqda
  6. Oʻzbekistonda mahsulotlar va xizmatlarning ekologik sifatini oshirishga qaratilgan SWITCH-Asia dasturi amalga oshirilmoqda
  7. FRA eksperti Samarqandda chiqindilarni boshqarish boʻyicha loyiha amalga oshirilayotganini aytib berdi

 

Maʼlumotnoma

Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistonga moliyaviy yordami toʻgʻrisida

Yevropa Ittifoqi 2014-2020-yillarda Oʻzbekistonda barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash uchun 168 million yevro ajratdi. Yevropa Ittifoqi yordami doirasida suv resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, chiqindilarni boshqarish, barqaror atrof-muhit toʻgʻrisida xabardorlikni oshirish, sirkulyar iqtisodiyot va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarni rivojlantirish kabi yoʻnalishlari oʻrin olgan. Yevropa Ittifoqi tomonidan Oʻzbekistonni qullab-quvvatlash masalasi keyingi yil dasturi muhokamasiga kiritilgan.

Parij bitimi toʻgʻrisida

Iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashning muhim global bosqichi boʻlgan Iqlim toʻgʻrisidagi Parij bitimiga 2020-yilda 5 yil toʻladi. Bu 2015-yilning 12-dekabirda Parijda boʻlib oʻtgan iqlim masalalari boʻyicha xalqaro anjumanda “Karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni tartibga soluvchi global iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisida”gi tarihda birinchi marotaba qabul qilingan xalqaro va majburiy qonuniy kuchga ega kelishuvdir. Parij bitimiga dunyoning 190ta mamlakati qoʻshilgan. 2015-yilda Parijda iqlim toʻgʻrisidagi bitim qabul qilinganidan soʻng, hukumatlar va oddiy fuqarolar doirasida, ayniqsa yoshlar tomonidan iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashishni yana-da kuchliroq tarzda amalga oshirishga qaratilgan chaqiriqlar tez-tez bildirilmoqda.

Yevropa Ittifoqining iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashdagi global roli toʻgʻrisida

Yevropa Ittifoqi global iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashishda xalqaro saʼy-harakatlarning boshida boʻlib, Parij bitimining qabul qilinishida vositachilik qilgan va global yetakchilikni namoyish etishda davom etmoqda. YEI issiqxona gazlari chiqindilariga qarshi kurashda yetakchi hisoblanadi. 2018-yilga kelib, u issiqxona gazlari chiqindilarini 1990-yildagidan 23%ga kamaytirdi va 2030-yilga kelib 40%ga kamaytirishga erishishni maqsad qilib qoʻygan. Oʻtgan 2019-yilda YEI Parijning iqlim toʻgʻrisidagi bitimiga sodiqligini tasdiqladi va 2050-yilgacha Yevropa qitʼasining “iqlim betarafliligi”ga erishishiga qaratilgan keng qamrovli oʻsish strategiyasini ilgari surdi: Yevropa “Yashil kelishuvi”. Yevropaning “Yashil kelishuvi” - bu atrof-muhitni muhofaza qilishni yaxshilash, toza energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash hamda iqlimning betarafligiga erishish uchun jamiyat uchun yaxshi ish joylarni va imkoniyatlarni yaratish boʻyicha Yevropa Ittifoqining dadil majburiyatidir. Shu bilan birga,  Yevropaning “Yashil kelishuvi” Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030-yilgacha Kun tartibi va Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) amalga oshirish strategiyasining ajralmas qismidir.