Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan "KA MATE KA ORA" sahna ko‘rinishining Ilhom teatrida premyerasi bo‘lib o‘tdi
20 va 21 sentabr kunlari Toshkentdagi Ilhom teatrida "KA MATE KA ORA" sahna ko‘rinishi premyerasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu spektakl Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi madaniy diplomatiya tashabbuslari doirasida moliyalashtirildi. Dante Rustav tomonidan sahnalashtirilgan mazkur spektakl o‘zini anglash va hissiy barqarorlikni chuqur o‘rganib, tomoshabinlarni o‘z hissiyotlarining barcha qirralarini anglashga chorlaydi. Sahna ko‘rinishi tomoshabinlar e’tiborini o‘ziga tortib, inson his-tuyg‘ularining murakkabliklari, qo‘rquv va g‘azabdanboshlab, ehtiros va haqiqatni qabul qilishgacha chuqur o‘y-mulohaza qilishga undadi.
EU in Uzbekistan
Premyeraning ikkinchi kechasi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Janob Toyvo Klaarning tashrifi bilan o‘tdi, bu Yevropa Ittifoqining madaniy almashinuvni rivojlantirishga sodiqligini namoyish etdi. Tashabbus yoshlarni qo‘llab-quvvatlab, ularning madaniy rivojlanish va badiiy ifoda kelajagidagi asosiy o‘rnini ta’kidladi.
EU in Uzbekistan
"KA MATE KA ORA" spektaklida iste’dodli yosh aktyorlar jamoasining sahnadagi chiqishlari ijrochi rassom Anton Bolkunov, vokalchi Arlayim Guvaidi, xoreograf Yelizaveta Zukerberg va bastakorlar Alen Ismailov va Aleksey Venzosning ijodiy hissalari bilan boyitildi. Ushbu sahna ko‘rinishi yosh ijodkorlik kuchining yorqin ifodasi bo‘lib, u o‘zida innovatsion sahna ko‘rinishi va ta’sirchan ijrolarni birlashtirdi. Tadbir yosh san’atkorlarning madaniy hayotdagi muhim rolini eslatib, kelajakdagi hamkorlik va ijodiy tashabbuslarni ilhomlantirdi.
EU in Uzbekistan
Shuningdek elchi Klaar "Ilhom" teatrining Art-maydonida GOETHE instituti tomonidan taqdim etilgan "Destination: Tashkent" arxiv ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi. 2022 yilda yong‘in natijasida zarar ko‘rgan san’at maydoni Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magi bilan qayta tiklandi. Bugungi kunda u madaniy almashinuv, yosh rassomlar uchun mahorat darslari va ko‘rgazmalar maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda. 2024 yil 20 sentabrdan 14 oktabrgacha ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar O‘zbekiston Respublikasi kino arxividagi fotosuratlari orqali 1968-1988 yillarda bo‘lib o‘tgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari Toshkent xalqaro kino festivali haqida ma'lumot olishlari mumkin.