This isn't an official website of the European Union

Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonda gender tengligi boʻyicha media mahoratini oshirishga qaratilgan yangi tashabbusni ishga tushirdi

DWA va ZJRM tomonidan Oʻzbekistonda gender tengligini targʻib qilish va yosh ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan media koʻnikmalari loyihasi 2024-2026 yillar davomida amalga oshiriladi.

 

Toshkent, 2024 yil 29 oktabr – Bugun Toshkentda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan "Tabassum: Oʻzbekistonda gender tengligini targʻib qilish va yosh ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun media ko‘nikmalari" loyihasining rasmiy taqdimotiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda 70 dan ziyod vakillar, jumladan, O‘zbekiston hukumati, Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari, nodavlat va notijorat tashkilotlar, xalqaro va donor tashkilotlari hamda O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

 

Loyiha maqsadli guruhlar, jumladan jurnalistlar, blogerlar, yoshlar va ayollar hamda nodavlat tashkilotlarining gender haqida konstruktiv axborot tayyorlash, genderga oid dezinformatsiya va media tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tajriba va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan. Ayollar va yoshlar bilan ishlaydigan nodavlat tashkilotlari 4,000 yevrogacha grantlar olishadi va bu grant orqali o‘zbek mediasida yoshlar hamda ayollarga taaluqli, ushbu mavzuni jonlantiruvchi va ommaning mavzuga bo‘lgan munosabatini to‘g‘ri shakllantiruvchi media xabarlar yaratishadi. 500.000 yevro mablag‘larni shakllantirgan ushbu loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish vazirligi (BMZ) tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Ushbu loyiha Germaniyada joylashgan DW Akademie hamda Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) hamkorligida amalga oshiriladi.

EU Ambassador to Uzbekistan

"Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston ayollari bilan birgalikda ularning huquqlari va imkoniyatlarining erkaklar bilan teng bo‘lishiga intilishlarini qo‘llab-quvvatlaydi. O‘zbekistondagi nodavlat tashkilotlarining imkoniyatlarini mustahkamlash va ularning muhim ijtimoiy masalalarni keng auditoriyaga yetkazish qobiliyatini oshirish bu yo‘nalishda muhim qadamdir. Umid qilamizki, ushbu loyiha nafaqat muhim mavzularni yoritishda, balki ijtimoiy muammolarni hal qilishda ham faol ishtirok etadigan jamoatchilikni rivojlantirishga hissa qo‘shadi",

- o‘zining tabrik so‘zida dedi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Toyvo Klaar janobi oliylari.

EU-Tabassum launch

"Bu O‘zbekiston uchun juda muhim va o‘ta zarur tashabbusdir. Turli ijtimoiy faoliyatlarda ayollar ishtiroki har doim yuqori bo‘lsa-da, ularning genderga oid muhokamalarda qatnashish, ayollik nuqtai nazarini bildirish va boshqaruvda qaror qabul qilish jarayonlarida ishtirok etish imkoniyatlari cheklangan. "Tabassum" loyihasi genderga oid dezinformatsiya muammosiga qaratilgan - bu global trend bo‘lib, O‘zbekistonga ham tegishli. Bu turdagi genderga asoslangan onlayn zo'ravonlik ko'pincha ayollarni raqamli ijtimoiy makonlaridan chetlanishga va har qanday faol jamoat ishtiroklaridan voz kechishga majbur qiladi. Biz yosh ayollarni genderga oid dezinformatsiyani aniqlash va unga qarshi kurashishni o‘rganishlarini xohlaymiz",

- deydi DW Akademie loyihasi koordinatori Amalia Oganjanyan.

"O‘zbek tilida "Tabassum" jilmayish, kulish degan ma'noni anglatadi. Shuningdek, bu ayollarga qo‘yiladigan chiroyli ism hamdir. Biz o‘z loyihamizni "Tabassum" deb atadik, va bu bilan O‘zbekistonda gender masalalariga oid salbiy konnotatsiyani ijobiy tusga o‘zgartirishni maqsad qildik. Biz jurnalistlar va blogerlarning gender savodxonligini oshirish, ularning genderga oid  konstruktiv materiallar tayyorlash qobiliyatlarini mustahkamlash hamda ayollar bilan ishlaydigan nodavlat tashkilotlarining gender tengligini himoya qilish masalalarida faol bo‘lishi va ayollarni qo‘llab-quvvatlashda samaradorligini oshirish va eskirgan gender stereotiplari bilan kurashishda olib borayotgan faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bizning loyihamiz mamlakatimizda ayollar huquqlarini himoya qilish va gender zo‘ravonligini bartaraf qilish yo‘lidagi to‘siqlardan biri hisoblangan gender stereotiplariga qarshi kurashda o‘z hissasini qo‘shishiga qat'iy ishonamiz”,

- dedi MJDC loyiha koordinatori Saida Sulaymanova.

Yevropa Ittifoqi – bu Yevropa 27 mamlakatining iqtisodiy va siyosiy ittifoqi. U inson qadr-qimmatini hurmat qilish, erkinlik, demokratiya, tenglik, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini, shu jumladan ozchiliklarga mansub shaxslarning huquqlarini hurmat qilish qadriyatlariga asoslanadi. U jamiyat, atrof-muhit va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga koʻmaklashish maqsadida har kimning foydasi uchun global miqyosda harakat qiladi.

DW Akademie — Deutsche Welle'ning xalqaro mediani rivojlantirish, jurnalistika sohasida o'qitish va bilimlarni tarqatish markazi hisoblanadi. Uning loyihalari so‘z erkinligi va axborotdan erkin foydalanish kabi inson huquqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. DW Akademie butun dunyo bo‘ylab faoliyat yuritadi va insonlarni ishonchli faktlar va konstruktiv muloqot asosida mustaqil qarorlar qabul qilish uchun imkoniyat yaratishga harakat qiladi. U Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish vazirligining strategik hamkori bo‘lib, Federal tashqi ishlar vazirligi va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi hamda 70 ga yaqin rivojlanayotgan davlatlarda faoliyat olib boradi.

Zamonaviy Jurnalistikani Rivojlantirish Markazi (MJDC) 2018-yilda Toshkentda tashkil etilgan va O‘zbekistonda hamda Markaziy Osiyoda mediani rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan yetakchi nodavlat tashkilotlaridan biri hisoblanadi. U so‘z erkinligini targ‘ib qilish va O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarining barqarorligini ta’minlashni maqsad qilib olgan. Bunga targ‘ibot, ommaviy axborot vositalarini monitoring qilish, sifatli jurnalistika uchun standartlarni targ‘ib qilish, zamonaviy multimedia texnologiyalari, ommaviy axborot boshqaruvi va media qonuni yo‘nalishlarda salohiyatni oshirish orqali erishiladi. MJDC media savodxonligini rivojlantirish, faktlarni tekshirish, iqlim/atrof-muhit masalalarini yoritish va ommaviy axborot vositalarini o‘rganishda chuqur tajribaga ega. Ikkala tashkilot 2019-yildan beri O‘zbekistonda media savodxonligi, media menejerlar va jurnalistlar salohiyatini oshirish dasturlari va jamoa mediasini rivojlantirish bo‘yicha muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun, iltimos, bog‘laning:

Malika Musaeva

Matbuot va Axborot boyicha 

Yevropa Ittifoqining Ozbekiston Respublikasidagi Delegatsiyasi

Xalqaro Biznes Markaz / 107B, Amir Temur,

Toshkent, Ozbekiston

Email:[email protected]  

Website: www.eeas.europa.eu/delegations/uzbekistan

Amalia Oganjanyan

DW Akademie Tabassum loyihasi koordinatori

Kurt-Schumacher-Str.3

53113 Bonn, Germany

Email: [email protected]

Website: https://akademie.dw.com/de/start/s-8101

Saida Sulaymanova

Zamonaviy Jurnalistikani Rivojlantirish Markazi

Niyozbek Yo’li ko’chasi 30

Toshkent, O‘zbekiston

Email: [email protected]

Website: https://mjdc.uz/