This isn't an official website of the European Union

Yevropa Ittifoqi elchisining yangi yil tabrigi

29.12.2023

Yangi 2024 yilda biz koʻplab sohalarda hamkorlikni kengaytirishga umid qilamiz.

Sharlotta Adrian, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi

 

Remote video URL

 

Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi doʻstlari,

Xonimlar va Janoblar!

2023 yilda Yevropa Ittifoqi ham, Oʻzbekiston ham munosabatlarimizning koʻplab sohalarida, xususan, iqlim oʻzgarishi, yashil iqtisodiyotga oʻtish, barqaror oʻzaro bogʻliqlik, parlament munosabatlari va boshqa sohalarda katta yutuqlarga erishdik. Yevropa Ittifoqi ham, Oʻzbekiston ham ishonchli va bashorat qilinadigan hamkorlikni rivojlantirish istagini koʻrsatdi va biz bir-birimiz bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishga sodiqmiz.

Yangi 2024 yilda biz koʻplab sohalarda hamkorlikni kengaytirishga umid qilamiz. Yevropa ittifoqi va Oʻzbekiston hamkorligining 30 yilligini nishonlaymiz. Shuningdek, biz Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan birinchi Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo sammitini intiqlik bilan kutmoqdamiz.

Soʻnggi yillarda biz Oʻzbekistondagi islohotlar guvohi boʻldik va Yevropa ittifoqi bu yoʻlning kuchli tarafdori boʻlib qolmoqda. Shuningdek, Oʻzbekistonning xalqaro munosabatlaridagi faol dinamikasiga guvoh boʻldik. Samarqand haqiqatan ham koʻp qirrali hamkorlik va tinchlikparvarlik ruhi bilan birgalikda jahon siyosatining markaziga aylandi. Qadimgi dunyoda boʻlgani kabi, Yevropa va Osiyo tsivilizatsiyalarini bogʻlaydigan Buyuk Ipak yoʻli boʻylab. Oʻzbekiston xalqi oʻz mamlakati bilan faxrlanish uchun juda koʻp asoslarga ega!

Borgan sari yaqin munosabatlarimizga nisbatan yanada koʻproq optimizm bilan men sizlarga va oilangizga Yang 2024 yilda baxt, boylik va sogʻlik tilayman!

Yangi yilingiz bilan!