This isn't an official website of the European Union

Yevropa Ittifoqi Elchisining Qoraqalpog'iston Respublikasiga ilk rasmiy tashrifi yakunlandi

Yevropa  Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Toyvo Klaar Qoraqalpog‘iston Respublikasiga ikki kunlik rasmiy tashrifini yakunladi. Ushbu tashrif Yevropa Ittifoqining mintaqaga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirishda muhim qadam bo‘ldi.

 

6 dekabr 2024 yil, – Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Toyvo Klaar Qoraqalpog‘iston Respublikasiga ikki kunlik rasmiy tashrifini yakunladi. Ushbu tashrif Yevropa Ittifoqining mintaqaga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirishda muhim qadam bo‘ldi.

EFF Opening Ceremony in Nukus

Birinchi kun: IX Yevropa kinofestivalining ochilish marosimi
Tashrif Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida IX Yevropa kinofestivalining tantanali ochilish marosimi bilan boshlandi. Ushbu tadbir institut rektori professor Oral Ataniyazova bilan hamkorlikda tashkil etildi. O‘zbekistonda to‘qqizinchi marta o‘tkazilgan festival Yevropa kino san’ati va madaniy xilma-xilligini namoyish etdi.

Trained to see - three wome and the war film demonstration

Tadbirda tibbiyot instituti, shuningdek, 12 ta boshqa oliy ta’lim muassasalaridan 640 nafar professor va talabalar, vakillar ishtirok etdi. Tomoshabinlarga ikkita film namoyish etildi, bular: Lutsiya Shmidning (Germaniya) "Urush - uch ayol nigohida" va Donato Rotunno (Lyuksemburg, Belgiya, Germaniya, Italiya) tomonidan suratga olingan "Hayot go‘zal".

Filmlar orasida talabalar Yevropa Ittifoqi elchisi bilan interaktiv muhokamalarda ishtirok etib, o‘z taassurotlari va filmlardan olgan saboqlari bilan o‘rtoqlashishdi. Shuningdek, talabalar kinematografiya bo‘yicha bilimlarini namoyish etgan va sovrinlar yutib olgan Kino-Viktorina orqali boy tajriba orttirdilar.
 

Meeting with the chair of Council of Ministers

Kun davomida Elchi Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik va rivojlanish masalalarini muhokama qildi.

Ikkinchi kun: Qoraqalpog‘istonda rivojlanish sa’y-harakatlarini mustahkamlash

Meeting with the chair of Jokargy Kenes

Tashrifning ikkinchi kuni Yevropa Ittifoqi Elchisining Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kenesi raisi Amanbay Orinbaev bilan uchrashuvdan boshlandi. Uchrashuvda elchi Yevropa Ittifoqining atrof-muhitni muhofaza qilish, samarali boshqaruv va ta’lim dasturlari, jumladan Erasmus+ va quyi Orol dengizi hududida degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash loyihalariga sodiqligini, shuningdek, qishloq hududlarida boshqaruv va davlat xizmatlari sifatini yaxshilashga qaratilgan Davlat xizmatlari markazlariga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatilishni davom ettirishni ta’kidlandi.
 

IPSD Project visit

Kun dasturi doirasida Elchi Yevropa Ittifoqi mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston Adliya vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan tashkil etilgan Nukus tumani Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurdi. Markaz har kuni 100-150 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatadi va har oyda 3 mingdan ortiq odamga yordam beradi. Tashrif davomida Elchi markaz ma’muriyati va mahalliy aholi bilan muloqot qilib, ko‘rsatilayotgan xizmatlar va ularning jamiyatga ta’siri haqida fikr oldi.

Kelajakka nazar
Bu ilk rasmiy tashrif Yevropa Ittifoqining Qoraqalpog‘istonda va undan tashqarida madaniy almashinuv, atrof-muhitni saqlash hamda samarali boshqaruv bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga sodiqligini namoyon etdi. Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning barqaror rivojlanish va fuqarolar hayotini yaxshilash yo‘lidagi sa’y-harakatlarida ishonchli hamkor bo‘lib qoladi.