This isn't an official website of the European Union

Toshkent Butunjahon avtomobilsiz harakatlanish kunini yangi devoriy surat va velosport tadbiri bilan nishonlamoqda

Taqdimot Yevropa harakatlanish haftasi doirasida tashkil etilgan mobillik boyicha bir qator tadbirlardan biri bolib, u shaharda barqaror harakatlanish va yaxshiroq shahar muhiti yolida soglom turmush tarzini olib borishga qaratilgan.

2022-yil 22-sentabr, Toshkent – Bugun Yevropa Ittifoqining Ozbekistondagi Delegatsiyasi Butunjahon avtomobilsiz harakatlanish kunini Toshkentda ijtimoiy san’atning yangi yirik asari bolgan “Barqaror harakatlanish murali” taqdimoti bilan nishonlamoqda. Taqdimot Yevropa harakatlanish haftasi doirasida tashkil etilgan mobillik boyicha bir qator tadbirlardan biri bolib, u shaharda barqaror harakatlanish va yaxshiroq shahar muhiti yolida soglom turmush tarzini olib borishga qaratilgan. Yevropa harakatlanish haftaligi Ozbekistonda tortinchi marotaba otkazilmoqda.

Car Free Day 2022

 

“Barqaror harakatlanish murali” Toshkent shahrining tez rivojlanayotgan Yangihayot va Sergeli tumanlari chegarasidagi “4-Bekat” metro bekati qarshisida joylashgan toqqiz qavatli turar-joy binosining bir tomoniga chizilgan. Ushbu taassurotli devoriy surat yanada barqaror, faol va soglom Toshkent haqida badiiy tasavvurni taqdim etib Yevropa harakatlanish haftasining asosiy goyasini ozida aks ettiradi. Mural “Autograph Art Gallery” sanʼat galereyasi tomonidan tashkil qilingan va ozbekistonlik yosh rassomlar guruhi bolgan “Brushers” ijodiy jamoasi tomonidan chizilgan.  

“Bu yil Yevropa harakatlanish haftasi Ozbekistondagi hamkorlar va ishtirokchilar tomonidan yanada koproq qollab-quvvatlanmoqda, shu sabab biz mobillik boyicha tadbirlar sonini oshirdik. Hamkorlar bilan birgalikda shaharda barqaror harakatlanishga ragbatlantiradigan yirik jamoat san’at asari ishlab chiqilgani va tashabbus amalga oshirilganidan xursandmiz. Umid qilamanki, bu ajoyib mural toshkentliklarni kundalik hayotlarida imkon qadar yashil transport yechimlaridan foydalanishga undaydi”. Sharlotta Adrian xonim, Yevropa Ittifoqining Ozbekistondagi elchisi.

 

“Barqaror shahar harakatlanish haqidagi xabarni yetkazuvchi ushbu jonli mural yangi tashkil etilgan Yangihayot tumanimizga ajoyib qoshimcha boldi. Bizning hokimligimiz Yangihayotni yanada yashil va yashash uchun qulay joyga aylantirish uchun aholimizning mahalliy barqaror harakatlanishni yaxshilash ustida ishlamoqda”. Toshkent shahar Yangihayot tumani hokimi Hayot Inogomov.

 

“Ushbu loyihada biz faol hayot tarzi muhimligini va shahar sharoitida yashovchilar uchun yanada ekologik hayot tarzini qabul qilish dolzarbligini ta’kidlamoqchimiz. Yorqin, yam-yashil ranglar, grafik stilizatsiya va aniq, taniqli ramzlar toplami bizning Yevropa harakatlanish haftasiga bagishlangan muralimizni ajratib turadi”. “Brushers” rassomlar jamoasi a’zolari — Anvar Xakimbekov, Nodir Azlarxodjaev, Andrey Juravlyov va Danil Kudryavtsev.

 

Bugun devoriy surat taqdimotidan song, yana bir muhim mobillik boyicha tadbir ham bolib otadi. Yevropa harakatlanish haftasining kop yillik hamkori bolgan Ozbekiston velosipedchilar hamjamiyati Sergeli tumani hokimligi komagida “Velosipedda avtomobilsiz kun” tadbirini tashkil etmoqda. Velo-yonalish “Yangi Sergeli” istirohat bogidan boshlanib, Shokirariq kochasidan otib, Mirzo Tursunzoda kochasiga burilib, yangi muralgacha masofani qamrab oladi. Velopoyga ishtirokchilari marraga yetib kelish uchun, xuddi shu yonalish boylab “Yangi Sergeli” istirohat bogiga qaytadilar. Velopoyga davomida ushbu yonalish avtomobillar uchun qisman yopiladi.

Car Free Day 2022

 

“Velosipedchilarni, barcha mehmonlarni va tashrif buyurganlarni Sergeli tumanida, ayniqsa, yangilangan istirohat bogida kutib olishdan mamnunmiz. Umid qilamanki, ushbu tadbir aholimizning e’tiborini velosipeddan foydalanishga va boshqa ekologik toza harakatlanish usullariga qaratadi. Tumanimiz Ozbekistondagi Yevropa harakatlanish haftasining hamkori bolgani juda ajoyib”. Toshkent shahar Sergeli tumani hokimi janob Elbek Shukurov.

Yevropa harakatlanish haftasi uchun mobillik tadbirlari 25 sentabrgacha davom etadi. Shu kunlari Yoshlar ishlari agentligi “Mahallalar Yevropa harakatlanish haftasi tarafdori” tadbirini otkazadi, “Tashkent Runners” klubi a’zolari esa “Shaharlar atrof-muhitini yaxshilash uchun plogging” tadbirida ishtirok etib, Toshkent vilolyatida yugurish chogida chiqindilarni ham yigishtirishadi.

 

Umumiy ma’lumot

O‘zbekistonda Yevropa harakatlanish haftasi Yevropa Komissiyasining tashabbusi bilan har yili 50 dan ortiq mamlakatlarda o‘tkaziladigan global kampaniyaning bir qismidir. 2019, 2020 va 2021-yillarda muvaffaqiyatli oʻtkazilgan Yevropa harakatlanish haftaliklaridan so‘ng bu yilgi kampaniya O‘zbekistonda to‘rtinchi marta o‘tkazilmoqda.

Havoning CO2 va issiqxona gazlari chiqindilari bilan ifloslanishi ekologik muammolar va iqlim oʻzgarishining asosiy sabablaridan biridir. Parij kelishuviga qo‘shilish va 2030-yilgacha issiqxona gazlari chiqindilarini 35 foizga kamaytirish majburiyatini olgan holda O‘zbekiston allaqachon iqlim o‘zgarishi va uning salbiy oqibatlariga qarshi kurashish yo‘liga o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi bo‘lib Yevropa Harakatlanish Haftasi xabarini targʻib qilishga qo‘shildi. Ushbu tushunchani yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2020-yilda Yevropa harakatlanish haftasini har yili milliy ahamiyatga ega bo‘lgan kampaniya sifatida e’tirof etdi.

Yevropa harakatlanish haftasi, shuningdek, iqlim va atrof-muhit muammolarini hal qilishga qaratilgan Yevropa Ittifoqining iqlim diplomatiyasining bir qismidir. 2022-yilda asosiy e’tibor energiyani tejash, energiya samaradorligi va qayta tiklanadigan energiya manbalarini jadallashtirishga qaratilgan bo‘lib, joriy energetika inqirozini hal qilish, yashil iqtisodiyotga o‘tishni tezlashtirish va energiya xavfsizligi darajasini ko‘tarish eng samarali usullari hisoblanadi.

Global Yevropa harakatlanish haftasi kampaniyasi haqida batafsil ma’lumotni https://mobilityweek.eu/ saytida topishingiz mumkin. Oʻzbekistondagi oldingi YeHH kampaniyalar haqida umumiy ma’lumot https://www.facebook.com/EuropeanMobilityWeekUz sahifasida mavjud.