Sayyoramiz ravnaqi yo‘lida iqlim diplomatiyasi: Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida ma’ruza qildi
2022 yil 2 noyabr. Toshkent, O‘zbekiston. Bugun Yevpropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian xonim “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida “Sayyoramiz ravnaqi yo‘lida iqlim diplomatiyasi” mavzusida ma’ruza bilan chiqish qildi. Tinglovchilar orasida magistrlar, doktorantlar hamda oliy ta’lim muassasisining o‘qituvchilari bor.
O‘zining qutlov nutqida elchi Sharlotta Adrian xonim ma’lum qilganidek,
“Iqlim o‘zgarishi va atrof-muhitning buzilishi har bir inson uchun ekzistensial tahdiddir. Vaziyat biz bir necha yil oldin kutganimizdan ancha tez yomonlashmoqda va iqlim o‘zgarganligini tasdiqlovchi global va mahalliy darajada ko‘plab aniq ta’sirlarning guvohi bo‘lmoqdamiz.”
Besh kundan keyin Sharm-al-Sheyxda COP-27 tomonlarining 27-sessiyasi boshlanadi. An’anaga ko‘ra, mazkur konferensiya arafasida Yevropa Ittifoqi iqlim o‘zgarishi masalalarida butun olam bo‘ylab insonlar bilimini va xabardorligini oshirish va har bir inson iqlim o‘zgarishlarini global oqibatlariga qarshi kurashishga o‘z hissalalarini qo‘shishi mumkinligini bildirishga yo‘naltirilgan “Iqlim diplomatiyasi” tashabbusi doirasida turkum tadbirlarni tashkil qiladi,
“Bu o‘zgarishlar, afsuski, O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmaydi. Mutaxassislarning fikricha, mamlakatingizda cho‘llanish kuchayib, qurg‘oqchilik va bioxilma-xillikning qisqarishi kuzatilmoqda. Albatta, suv resurslarini noto‘g‘ri boshqarilishining bevosita natijasi tufayli yuzaga kelgan Orol dengizi fojiasi mavjud, lekin bu vaziyat iqlim o‘zgarishi bilan ham og‘irlashmoqda. Men irrigatsiya masalalarini o‘rganayotgan siz kabi tadqiqotchilar ushbu mavzuni juda ham yaxshi bilasiz, degan fikrdaman. Lekin biz o‘tgan yili Toshkentda, ilgarilari, ehtimol, hech ham bo‘lmagan qum bo‘ronlarini kuzatdik”,
dedi Elchi.
Global muammo sifatida iqlim o‘zgarishi global javob chora-tadbirlarini talab qiladi. Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ekspertlarning hukumatlararo guruhi (MGEIK)ning “Iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish” mavzusidagi oxirgi ilmiy ma’ruzasida qayd etilganidek, hozirgi vaqtda na global oliy marralar, na ularni amalga oshirish harakatlari jahonda haroratni 1,5°Cga o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha maqsadlarga erishish uchun yetarli emas. Zudlik bilan iqtisodiyotning barcha sektorlarida issiqxona gazlarini havoga chiqarilishini qisqartirish zarur. Qayd etilganidek, havoga tashlashlarni 2030 yilga borib kamida ikki marotaba qisqartirishi mumkin bo‘lgan har bir yo‘nalish uchun variantlar mavjud.
Tavsiyalarning misoli sifatida tinglovchilarga “Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha 10 qadam” nomli videorolik taqdim etildi, unda bizning kundalik hayotda uglerod izini qisqartirishga ta’sir qila olishi mumkin bo‘lgan eng oddiy va yengil harakatlar tavsiflangan.
Yevropa ittifoqi butun jahonda atrof muhit, iqlimni saqlash va energiya tejamkorligi sohalarida siyosatni ilgari suradi va amalga oshirib kelmoqda. Hamkor mamlakatlar, shu jumladan, O‘zbekiston uchun yo‘naltiriladigan Yevropa Ittifoqining yangi moliyaviy ko‘magining 30 foizi iqlim maqsadlariga erishishga yo‘naltiriladi.
Elchi, shuningdek, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan va atrof muhitni yemirilishi oqibatlarini yengillashtirish va jamiyatni yanada barqaror, past uglerodli va samarali iqtisodiyotga yo‘naltirilgan dasturlar va loyihalar haqida ham so‘zlab berdi.
“Misol uchun, Yevropa Ittifoqi O‘zbekistondagi Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha BMTning ko‘psheriklik trast fondini eng yirik donori hisoblanadi. Biz, shuningdek, iqlim o‘zgarishining bevosita ta’siriga duch kelgan mahalliy hamjamiyatlarni qo‘llab-quvvatlash yoki ko‘proq ekologik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab loyihalarni moliyalashtiramiz va ularga texnik yordam ko‘rsatmoqdamiz”,
-deya ta’kidladi Sharlotta Adrian.
Tinglovchilarga shuningdek, ta’lim dasturlariga katta e’tibor berilayotgani ham ma’lum qilindi. Masalan, Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida oliy ta’lim loyihalaridagi salohiyatni kuchaytirish bo‘yicha qator tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Ular - muayyan dehqonchilik uchun NICOPA innovatsion kurslari va O‘zbekistonda barqaror bioiqtisodiyot bo‘yicha magistraturaning BioEcUz yangi o‘qsuv dasturlari.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi, Erasmus+ dasturi muvofiqlashtirishuvchilariga iqlim diplomatiyasi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilish va muloqot qilish imkoniga ega bo‘lishdi.