This isn't an official website of the European Union

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a’zo bo‘lish jarayoniga ko‘maklashish

Loyiha Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkiloti (JST)ga aʼzo boʻlishi orqali iqtisodiyotni modernizatsiya qilish boʻyicha rivojlanish rejalarini qoʻllab-quvvatlash va Oʻzbekistonga JST qoidalariga mos keladigan savdo rejimini o‘rnatishda koʻmaklashishga qaratilgan.

Loyiha doirasidagi ko‘makning asosiy vazifalari

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni 1994 yilda boshlangan, biroq o‘sha paytda olib borilgan “o‘zini o‘zi ta'minlash” siyosati tufayli 2005 yilda to‘xtatilgan edi. 2018-yilda Prezident Mirziyoyev boshchiligida iqtisodiyotni liberallashtirish va ichki savdo rejimini modernizatsiya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va o‘zgarishlar doirasida JSTga a’zo bo’lish jarayoni qayta tiklandi. Liberallashtirish jarayoni O'zbekistondan JST bitimlari va O'zbekiston JST a'zolari bilan oxir-oqibat muzokaralar natijasida olgan majburiyatlariga muvofiq barcha sohalarga ta'sir ko'rsatadigan iqtisodiy/savdo bilan bog'liq bir qator islohotlarni amalga oshirishni talab qiladi.

Shuningdek, O'zbekistondan JST a'zolari bilan ko'p yo'nalishli savdo muzokaralarini o'tkazishni talab qiladi, bunda O'zbekiston milliy rivojlanish ustuvorliklarini hisobga olgan holda ularning so‘rov pozitsiyalarini muhokama qilishni ham talab qiladi.

Loyiha doirasidagi tadbirlar

  • Hujjatlarni tayyorlashda va muzokara pozitsiyasini ishlab chiqishda axborot ko'magi;
  • O‘zbekistonning yangi milliy qonunlarni ishlab chiqish va kerak bo'lgan joyda amaldagi qonunlar/tartiblarni JST qoidalari va talablariga moslashtirish to'g'risida ma'lumot beruvchi texnik yordam ko‘rsatish;
  • Hukumat mutasaddilari/tartibga soluvchi/qonun chiqaruvchi/ijroiya organlarining JST talablari va tartiblari haqida salohiyatini oshirish;
  • Savdodagi texnik to‘siqlar (STT) va Sanitariya va fitosanitariya me’yorlari (SFS) bo‘yicha JST bitimlariga muvofiq, texnik reglamentlar hamda hayvonlar va o‘simliklar salomatligi talablariga rioya qilish sohasida milliy institutsional salohiyatini mustahkamlash;
  • Xususiy sektorning, shu jumladan ayollar uyushmalarining JSTga kirishidan kelib chiqadigan biznes muhitini isloh qilishning afzalliklari haqida xabardorligini oshirish.

Kutilgan natijalar

Loyiha ko‘p tomonlama yondashuv orqali O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishga, bozor tamoyillari asosida islohotlarni amalga oshirishga hamda O‘zbekistonning global iqtisodiyotiga yanada integratsiyalashuviga ko‘maklashishga intiladi.

Erishilgan yutuqlar

  • O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash va muzokaralar pozitsiyasini shakllantirishda “JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirish va faollashtirishga muvaffaq bo‘ldi: 2020 yildan buyon O‘zbekiston JSTda Ishchi guruh (JG) yig‘ilishlarida to‘rtta ko‘p tomonlama muzokaralar o‘tkazdi va tovarlar bozoriga kirish bo‘yicha to‘qqizta JST a'zosi bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi.
  • Intellektual mulk huquqlari va texnik reglamentlar to‘g‘risidagi milliy qonunlar JST talablariga muvofiqlashtirildi, oziq-ovqat xavfsizligi va savdo himoya vositalari to‘g‘risidagi yangi qonun loyihalari qonunchilikni isloh qilish jarayoni doirasida ko‘rib chiqish uchun tayyorlandi. Subsidiyalar, savdo bilan bog'liq investitsiya choralari, erkin iqtisodiy zonalardagi choralar kabi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ham qayta ko‘rib chiqildi.
  • 1000 dan ortiq davlat mutasaddilari, shu jumladan 250 nafar ayol, JST qoidalari va tartiblari hamda JSTga kirish dasturi haqida yetmishdan ortiq ixtisoslashtirilgan seminarlar, treninglar va tajriba almashish tadbirlari orqali tushunchaga ega bo‘ldi.
  • Toshkentdagi universitetda maxsus o‘quv dasturiga kiritilgan JST huquqi va amaliyoti moduli joriy etildi va shu orqali savdo siyosati mutaxassislarining yangi avlodini tayyorlash va O‘zbekistonning savdo siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda uzoq muddatli salohiyatini mustahkamlashga zamin yaratildi.
  • Toshkent shahridagi universitetda maxsus o‘quv dasturiga JST huquqi moduli joriy etildi, bu esa savdo siyosati mutaxassislarining yangi avlodini tayyorlashga yo‘l ochdi va shu orqali O‘zbekistonning uzoq muddatli savdo siyosatini shakllantirish/amalga oshirish salohiyatini ham mustahkamlashga zamin yarataldi. 2023-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU)ning o‘ttiz nafar talabasi JST huquqi bo‘yicha kursni tamomladi.

Loyiha Toshkent shahri va O'zbekistonning barcha viloyatlarida 550 dan ortiq biznes sektori vakillari ishtirokida bir qator maxsus seminarlar o'tkazish orqali xususiy sektorning JSTga a'zo bo'lishning afzalliklari haqidagi tushunchalarini oshirdi.

O‘zbekiston
EUR 4 750 000
Ongoing
Trade and economic relations
Tashqi savdo sohasida ko‘mak: O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi
Contact Details

Jan-Sebastyan Rur, Loyiha menejeri, Biznes va savdo siyosati bo‘limi, XSM

European Union
UN/WTO Joint Agency - International Trade Centre (ITC), Geneva, Switzerland
EUR 4 750 000
NDICI Asia