O‘zbekistondagi xotin-qizlarning korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi huquq va imkoniyatlarini kengaytirish
Toshkent, O‘zbekiston, 2024-yil 16-oktabr – Toshkent shahrida gender va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bo‘yicha muhim trening bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirda davlat organlari, Bosh prokuratura, huquq-tartibot idoralari va nodavlat notijorat tashkilotlarining 40 dan ortiq vakillari ishtirok etdi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda gender jihatlarni hisobga olish bo‘yicha tajriba almashish maqsadida o‘tkazilgan mazkur treningda BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan taklif etilgan “Transparency International” tashkiloti eksperti ham ishtirok etdi.
Strengthening the National Anti-Corruption Ecosystem in Uzbekistan Project
O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan BMTTD bilan hamkorlikda va Yevropa Ittifoqi ko‘magida tashkil etilgan bu tadbirda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish va korrupsiyaga qarshi kurashda gender jihatlarni integratsiyalash ularning samaradorligini oshirishiga asosiy e’tibor qaratildi. 20 yilga yaqin tajribaga ega bo’lgan, “Transparency International” kompaniyasi eksperti Alyona Vandisheva korrupsiyalashgan tizimlarda sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarining cheklanganligi, daromadlar kamayishi ehtimolining yuqoriligi, kleptokratik tarmoqlarga yo‘l bermaslik va resurslardan foydalanishda teng huquqqa ega bo‘lmaslik kabi xotin-qizlarga nomutanosib ravishda ta’sir ko‘rsatuvchi qaltis masalalarni muhokama qildi. Sessiyada qilingan xulosaga ko‘ra, ushbu muammolarni hal qilish uchun korrupsiyadan jabr ko‘rgan shaxslarning jins kesimidagi ma’lumotlarini to‘plash, korrupsiyaning gender ta’siri bo‘yicha xabardorlikni oshirish, byudjet tuzishda ishtirok asosidagi va gender omillar hisobga olingan yondashuvni targ‘ib qilish kabi maqsadli strategiyalar talab etiladi.
Ekspert, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash choralari orqali gender tengsizlikni bartaraf etish bo‘yicha boshqa mamlakatlarning ilg‘or tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Davlat organlari va partiya ro‘yxatlari uchun kvotalar belgilash, davlat xizmatiga qabul qilinayotgan xotin-qizlar sonini oshirish, gender tenglik nuqtayi nazaridan korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha majburiy treninglar o‘tkazish, xotin-qizlar yetakchiligi dasturlarini qo‘llab-quvvatlash shunday tajribalar jumlasiga kiradi. Bundan tashqari, huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar berish va huquqbuzarliklar bo‘yicha samarali tekshiruvlar o‘tkazish uchun xavfsiz kanallar yaratish orqali qulay muhitni ta’minlash korrupsiyaga qarshi kurashning yanada inklyuziv va samarali tizimini yaratish bo‘yicha muhim qadamlar sifatida ta’kidlandi. O‘quv sessiyasida o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlar ishtirokchilarga hukumat, fuqarolik jamiyati va OAV ayollar yetakchiligini rivojlantirish va O‘zbekistonga mos yechimlar bilan jamoatchilik munosabatlarini o‘zgartirish uchun qanday qadamlar qo‘yishi mumkinligini ko‘rsatib berdi.
Strengthening the National Anti-Corruption Ecosystem in Uzbekistan
Tadbirni O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida To‘xtasheva ochib berib, korrupsiyaga qarshi siyosatda genderga ta’sirchan yondashuvlar muhimligini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha:
“Yurtimizda amalga oshirilayotgan aksilkorrupsiya choralarida xotin-qizlarning qamrovini oshirish, ularning bu jarayonlardagi huquqlari va erkinliklarni munosib himoya qilinishi hamda rag‘batlantirilishi ko‘p jihatdan bu kabi o‘tkaziladigan turli xil muhokamalar va treninglarning o‘rni alohida hisoblanadi. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi birinchi marta 35 foizga yetdi, Qonunchilik palatasi deputatlarining 32 foizi, Senat a’zolarining 25 foizini ayollar tashkil etmoqda. Jahon banki indeksida O‘zbekiston gender tenglik sohasida dunyodagi eng tez rivojlanayotgan 5 ta mamlakat qatorida qayd etilgan; Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengashning 10 %i, Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashining a’zolarining 16 %i, Ekspertlar kengashining 17 %i ni ayollar tashkil etadi.”
Strengthening the National Anti-Corruption Ecosystem in Uzbekistan Project
Yana Kurpisha, Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi Delegatsi dastur rahbari
"Siyosat erkaklar va xotin-qizlar korrupsiyaga turlicha duch kelishlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak. Biroq, ayollarni nafaqat eng zaif guruhi deb, balki o'zgarishlar agentlari sifatida ko‘rib chiqish kerak. Xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishning o‘zi korrupsiyaga qarshi kurashish vositasi hisoblanadi. Xotin-qizlarning siyosatni ishlab chiqishda yanada faol ishtirok etishi davlat xizmatlari sifatini yaxshilashi va natijada korrupsiya xavfini kamaytirishi mumkin."
Mazkur trening IV Toshkent Aksilorrupsiya Forumi doirasida tashkil etilgan tadbirlarining bir qismi bo‘lib, BMT Taraqqiyot Dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan "O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash" loyihasi doirasida o‘tkazildi.