O‘zbekiston Mamlakat Platformasi 2024: 2030-yil Strategiyasini ilgari surishda ta’lim, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va kasb-hunar ta’limiga strategik e’tibor
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi Prezidentning 109-sonli Farmoni asosida tasdiqlangan “yo‘l xaritasi” ijrosi bo‘yicha natijalarni e’lon qildi va 2024-yilda amalga oshirilgan asosiy yutuqlarni taqdim etdi. Tadbirda 2025-yil uchun belgilangan strategik ustuvorliklar muhokama qilinib, mamlakatning barqaror rivojlanishiga qaratilgan qo‘shma majburiyatlar qayta tasdiqlandi.
“O‘zbekiston Mamlakat Platformasi bir nechta muhim vazifalarni bajaradi: u xalqaro moliyaviy institutlarning O‘zbekistondagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, takroriy harakatlarning oldini oladi va kelgusidagi faoliyatlarni muhokama qilish uchun platforma vazifasini o‘taydi. Bugungi kunga kelib, bu platforma xorijiy yordam va O‘zbekiston hukumati harakatlarini uyg‘unlashtirishdagi eng muhim mexanizmga aylandi”, — deya ta’kidladi Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi soha bo‘yicha amalga oshirilgan investitsiyalar va loyihalar bo‘yicha yutuqlarni ta’kidlab, kuchaytirilgan xalqaro hamkorliklar innovatsiyalarni rivojlantirish va salohiyatni oshirishni rag‘batlantirdi hamda hukumatning inklyuziv va teng imkoniyatli ta’limni rivojlantirish maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi kasb-hunar ta’limini rivojlantirish va xalqaro rivojlanish hamkorlari bilan olib borilgan hamkorlik tashabbuslarda erishilgan yutuqlarni taqdim etdi. Soha ahamiyatini ta’kidlash maqsadida, Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda STEM (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika) yo‘nalishidagi o‘rta ta’limni rivojlantirish bo‘yicha loyihalaridan birini taqdim etdi.
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi, janob Toyvo Klaar, Yevropa Ittifoqining ta’lim sohasiga qo‘shayotgan hissasini, jumladan, O‘zbekistonning turli hududlaridagi kasb-hunar ta’limini rivojlantirish hamda “Erasmus+” dasturi orqali Yevropa mamlakatlarida o‘qish va ilmiy tadqiqot uchun taqdim etilayotgan grantlar ajratilayotganligini ta’kidladi.
“Ta’lim sohasini qo‘llab-quvvatlash farovonlikka olib keluvchi omil bo‘lib, bu “O‘zbekiston–2030” Strategiyasini amalga oshirish uchun muhim ahamiyatga ega. Bilim har bir sohada innovatsiyalar va o‘sishning asosiy harakatlantiruvchi kuchidir”, - deya ta’kidladi Yevropa Ittifoqi elchisi.
O‘zbekiston Mamlakat Platformasi Strategik islohotlar agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshchiligida, Yevropa Ittifoqining kotibiyati ko‘magida tashkil etilgan bo‘lib, u “O‘zbekiston–2030” Strategiyasni amalga oshirishda O‘zbekiston hukumati va xalqaro hamkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish uchun muhim mexanizm hisoblanadi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun, quyidagi vakillarga murojaat qilishingiz mumkin:
Xumoyun Mukimov
Aloqa bo‘yicha mutaxassis
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik islohotlar agentligi
- Tel: +998 90 926 72 21
- Elektron pochta: [email protected]
Malika Musayeva
Matbuot Kotibi
O‘zbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi
- Tel: +998 78 120 16 01
- Elektron pochta: [email protected]
Dinara Dultayeva
Aloqa Bo‘yicha Mutaxassis
O‘zbekiston Mamlakat Platformasi Kotibiyatining qo‘llab-quvvatlash guruhi
- Tel: +998 93 500 55 65
- Elektron pochta: [email protected]