This isn't an official website of the European Union

Nukusdagi Media klubda jurnalistlar dezinformatsiya va gender muammolariga qarshi kurashda ommaviy axborot vositalarining rolini muhokama qildilar

2025 yil 17 fevralNukusda Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magi hamda Germaniya Taraqqiyot vazirligi (BMZ) birgalikdagi moliyalashtirish yordami orqali DW Akademie va Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) tomonidan amalga oshirilayotgan “EU Tabassum (Smile): “O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash va yosh ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun media ko‘nikmalari” loyihasi doirasida tashkil etilgan gender savodxonligi bo‘yicha media-klubning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Mediaklub jurnalistlar, blogerlar, NNT va ekspertlarni iqlim o‘zgarishining ayollarga ta’siri, OAVda dezinformatsiya tarqalishi va gender stereotiplariga qarshi kurashish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun yig‘di.

 

Senator Oral Ataniyazova ishtirokchilar oldida so‘zlab, ushbu muammolarni obyektiv yoritishning muhimligini ta’kidladi: “Orol fojiasi – ekologik ofatning ijtimoiy sohalarga qanday ta’sir qilishining eng yorqin misollaridan biri. Zarar ko‘rgan hududlarda ayollar katta yuklamaga duch kelmoqda: sog‘liqning yomonlashishi, reproduktiv patologiya, suv tanqisligi sababli gigiyena va sanitariya qoidalariga rioya qilish muammosi, bu esa hayot sifatiga ta’sir ko‘rsatadi.. Jurnalistlar jamoatchilik va hokimiyat chora ko‘rishi uchun bu oqibatlar haqida hikoya qilishi kerak”.

 

Yig‘ilish davomida uchta asosiy muhokama o‘tkazildi:

 

Iqlim o‘zgarishlarining OAVda yoritilishi – ekspertlar muvaffaqiyatli media-kampaniyalarning misollarini va jurnalistikaning ekologik kun tartibidagi rolini muhokama qildilar.

• Iqlim o‘zgarishlari haqidagi dezinformatsiya – ishtirokchilar eng ko‘p tarqalgan miflar va feyklar, shuningdek, ularga qarshi kurash usullarini muhokama qildilar.

Iqlim o‘zgarishlarining gender jihatlari – iqlim muammolarining gender tengsizlikni qanday kuchaytirishi va ularga qarshi qanday tashabbuslar buning oldini olishi mumkinligi haqida fikr almashildi.

17-18 fevral kunlari Nukus shahrida o‘tkazilgan tadbir “Tenglik jurnalistikasi: gender va iqlim muammolari” treningining davomi bo‘ldi. Trening doirasida jurnalistlar gender muammolari va ekologiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgandilar, shuningdek, ushbu mavzu bo‘yicha materiallar yaratish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Qoraqalpog‘iston davlat universiteti dotsenti Qumar Bekniyazova: “Ommaviy axborot vositalari obyektiv axborot manzarasini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Nafaqat yolg‘on ma’lumotlarni aniqlash va fosh etish, balki gender va atrof-muhit masalalari ommaviy axborot vositalarida adolatli va har tomonlama yoritilishini ta’minlash uchun faol ish olib borish ham muhimdir”, – dedi.

EU “Tabassum” (Smile) loyihasi O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi: gender tengligi, iqlim o‘zgarishi va dezinformatsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokamasiga imkon qadar ko‘proq jurnalistlar, blogerlar va faollarni jalb qilish maqsadida mamlakatning turli shaharlarida media-klublar va treninglar o‘tkaziladi.