This isn't an official website of the European Union

"Moʻjizalarga albatta ishonishingiz kerak!" - poyabzal ishlab chiqarish ustaxona hikoyasi

"Moʻjizalarga albatta ishonishingiz kerak!" – deya biznes-rejasini amalga oshirish uchun grant yutib olganini eshitgan qahramonimiz quvonchi bilan boʻlishishga shoshildi.

Abduqodirova S.ning (ismi o‘zgartirilgan) bu so‘zlar sari bosib o‘tgan uzoq yo‘li hayotiy to‘siq va sinovlarga to‘la edi.

 

Kuzning bir yomg‘irli tongida madad izlab, Toshkent viloyati Bektemir tumanida yashovchi Abduqodirova S. “Mehr Koʻzda” markaziga maslahat so‘rab murojaat qildi. Toʻrt farzandning onasi oʻsha paytda uy bekasi boʻlgan va juda ogʻir moliyaviy ahvolda edi.

Bolaligini eslar ekan, oilasi kam ta’minlangan, koʻp farzandli boʻlib, tabiiky gohida hamma bolalar uchun hattoki poyabzal sotib olishga pul boʻlmaganini aytadi. Shunday qilib qahramonimizda dizayner tadbirkor bo‘lish  orzusi paydo bo‘ladi, u sifatli, ammo arzon charm poyabzal ishlab chiqarish haqida tunu-kun oʻylar edi.  Biroq, Abduqodirova S. erta turmushga chiqadi va oz vaqt oʻtgach toʻrt farzandning onasi boʻladi. Turmush o‘rtog‘i ishlab topadigan mablagʻ oila boqishga yetmas edi, erining  qarindoshlari esa Abdukarimova S.ga muntazam ravishda zulm yetkazar edi.

Oilaga qandaydir yordam berish maqsadida qahramonimiz ish topishga harakat qildi, ammo tegishli malakaga ega boʻlmaganligi sabab u munosib ish topa olmadi. Bu to‘siqlar Abduqodirova S.ni ruxini sindirmadi, u badavlat kishilarning uyini tozalash, kafelarda idish-tovoq va pol yuvish orqali pul topishni boshladi.

Bir kuni qahramonimiz doʻsti bilan suhbatda oʻz tumanida biznesini boshlash uchun bepul professional maslahat olishi mumkinligini eshitdi va shu tariqa Abduqodirova S. “Mehr Koʻzda” markaziga keldi. U biznes maslahatchisi bilan bir necha bor uchrashdi, marketing asoslarini oʻrgandi, biznes tartib-qoidalari, soliq toʻlash va kredit olish boʻyicha asosiy bilimlarga ega boʻldi. Yangi bilimlarga ega boʻlgach, 2020 yilning yanvaridan 2021 yilning dekabrigacha Samarqand, Buxoro va Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan O‘zbekistonda ayollarni qo‘llab quvvatlash, himoya qilish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun fuqarolik jamiyatini kuchaytirish ACTED loyihasi doirasida tashkil etilgan kichik grantlar tanlovida ishtirok etish uchun ariza topshirdi.

Biznes-maslahatchi ko‘magida u charm poyabzal ishlab chiqarish uchun batafsil biznes-reja ishlab chiqadi. Abduqodirova S. marketing tadqiqotlari o‘tkazdi, xomashyo, asbob-uskunalar narxlarini o‘rgandi va zarur bo‘lgan byudjetni belgilab oldi. Natija esa mehnatiga yarasha bo‘ldi, loyiha moliyalashtirish uchun ma’qullandi va Sevara Abduqodirovaning orzusi ushala boshlad.

- Men ozimni dunyodagi eng baxtli insondek his qilyapman. Siz mojizalarga albatta ishonishingiz kerak!, - dedi u tanlov komissiyasining ovoz berish natijalari e’lon qilingandan keyin.

Bugungi kunda qahramonimiz zarur  bo‘lgan asbob-uskunalar va xom ashyo bilan ta’minlanib,  muvaffaqiyatli "yakka tartibdagi tadbirkor" maqomida biznes bilan shug‘ullanmoqda. Uning korxonasida sifatli erkaklar charm poyabzallari mahalliy aholi uchun hamyonbop narxda ishlab chiqarilayotgani ulgurji xaridorlarni ham o‘ziga jalb etmoqda. Abduqodirova S.ning boshlagan ishi oilaviy biznesga aylanib ulgurdi, u eri, farzandlari va ota-onasini ishlab chiqarish jarayoniga ham jalb qildi.

A story of one shoe manufacturing workshop

Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollarning huquqlarini himoya qilish, ularning imkoniyatlari, bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Yevropa Ittifoqi ACTEDning “O‘zbekistonda ayollarni qo‘llab quvvatlash, himoya qilish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun fuqarolik jamiyatini kuchaytirish” loyihasini moliyalashtirgan.

Loyihani amalga oshirish natijasida qishloq va chekka mahallalarda yashab zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan 2500 nafar ayolga; Farg‘ona viloyatida zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan 125 nafar ayolga ko‘mak ko‘rsatilib, ular reintegratsiya dasturiga jalb qilingan; shuningdek, 600 nafar qishloq qizlariga yordam berilgan.

Gender tengligiga erishishda ta’lim va malaka oshirish muhim o‘rin tutadi. 2023 yil Yevropa ko‘nikmalar yili deb e’lon qilingan. Shu bilan birga, qizlar va ayollarning ushbu ko‘nikmalarni o‘rganishi va egallashi uchun qulay sharoit yaratishda muhim shartlarining biri - zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga o‘rin yo‘qligidir.

#StopVAWG #EndGBV #EuropeanYearOfSkills