This isn't an official website of the European Union

Markaziy Osiyoda KBRY xavfini kamaytirish masalalari muhokama qilindi

2025-yilning 12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisi va Yevropa Ittifoqi (YI) tomonidan moliyalashtirilayotgan Kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy (KBRY) xavflarni kamaytirish boʻyicha Ilg'or tajriba markazlari (ITM) tashabbusining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy kotibiyati rahbari janob Abduvakkos Rafiqov, va Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasining hamkorlik boʻlimi rahbari janob Vim Riepma o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Muhokamalarda Oʻzbekistonga alohida eʼtibor qaratgan holda Markaziy Osiyo boʻylab KBRY xavfini kamaytirish boʻyicha hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Ikkala tomon mintaqaviy hamkorlik, salohiyatni oshirish va KBRY tahdidlariga qarshi samarali strategiyalarni amalga oshirish muhimligini ta'kidladilar. Uchrashuv chogʻida Yevropa Ittifoqining KBRY ITM tashabbusining taʼsiri xavflarni bevosita yumshatishdan tashqarida ekani, tinchlik va barqarorlik, xavfsizlik va bexatarlikka hissa qoʻshishi taʼkidlandi.

Markaziy Osiyoda Yevropa Ittifoqining KBRY ITM tashabbusi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar milliy ekspertlar uchun salohiyatni oshirish va ixtisoslashtirilgan treninglar hamda KBRY xatarlari va tahdidlarini samarali boshqarish bo‘yicha kompleks strategiyalarni ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi. Ushbu sa'y-harakatlar Markaziy Osiyo davlatlarining o'ziga xos ehtiyojlarini qondirish va Yevropaning ilg'or tajribalariga moslashishga qaratilgan. Muloqotda, shuningdek, KBRY xatarlariga qarshi chidamlilikni kuchaytirish uchun keyingi texnik yordam, bilim almashish va qo'shma tashabbuslar imkoniyatlari o'rganildi.

Uchrashuvda KBRY xavflarni samarali boshqarish orqali mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikka ko‘maklashish bo‘yicha O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida davom etayotgan hamkorlik ta’kidlandi.

Malumot uchun:

YI KBRY ITM tashabbusi global tashabbus boʻlib, Yevropa Ittifoqi tomonidan tinchlik, barqarorlik va mojarolarning oldini olishga koʻmaklashish maqsadining bir qismi sifatida moliyalashtiriladi va amalga oshiriladi.

Tashabbusning maqsadi xavflarni kamaytirish hamda ixtiyoriy va talabga asoslangan yondashuv asosida Yevropa Ittifoqi hamkor mamlakatlarida barcha xavf-xatarlar xavfsizligini boshqarishni mustahkamlashdan iborat. Evropa Ittifoqining yordami KBRY xavfini kamaytirish bo'yicha keng ko'lamli tadbirlarni amalga oshirish uchun taqdim etiladi, shu jumladan ehtiyojlar va xavflarni baholash, milliy va mintaqaviy harakat rejalari, salohiyatni oshirish tadbirlari, huquqiy bazani ko'rib chiqish, amaliy va real vaqt (shu jumladan transchegaraviy) dala mashg'ulotlari, mintaqalararo ilg'or tajribalar va olingan saboqlar almashinuvi.