IX Yevropa kinofestivali-xalqlar madaniyati o'rtasidagi do'stlik ko'prigidir!
Ochilish marosimiga bag`ishlab o`tkazilgan matbuot konferensiyasida ta`kidlanganidek, festival Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston o'rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, Yevropa kinematografiyasining boyligi va xilma-xilligini namoyish etish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi.
EU in Uzbekistan
“Har yili o‘tkaziladigan Yevropa kinofestivali — o‘zbek tomoshabinlari uchun yevropalik kinoijodkorlar nigohi bilan dunyoni ko‘rish imkonini beruvchi chinakam noyob tadbirdir. Dasturdagi har bir film tomoshabinlarni hissiyotlar, mulohazalar va butun dunyo odamlarini birlashtiruvchi haqiqiy hikoyalar olamiga chorlaydi. Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi 30 yillik hamkorlikni nishonlash munosabati bilan biz filmlar orqali madaniyatlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish imkonidan mamnunmiz. Sizni ushbu yorqin hikoyalar va hissiyotlar xilma-xilligiga sho‘ng‘ib, Yevropa kinosining boyligini kashf etishga chin yurakdan taklif qilamiz”. - Janobi Oliylari Toyvo Klaar, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi.
EU in Uzbekistan
“Yevropa kinofestivali yana bir bor san'at orqali bizning xalqlarimizni birlashtirmoqda, buni e'tirof etib, O'zbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasiga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Ushbu tadbir nafaqat kino san'ati durdonalaridan zavq olish, balki madaniyatlarimiz o'rtasida do'stlik ko'priklarini qurish imkonini beradi. Biz bu hamkorlikni yuqori baholaymiz va birgalikda uni barcha tomoshabinlar uchun yanada yorqin va muhim hodisaga aylantira olishimizga ishonaman. Ushbu tadbirni tashkil etishga o'z hissasini qo'shgan barcharga minnatdorchilik bildiraman. Festival har bir kishi uchun ilhom, birlik va madaniy muloqot ko'zgusiga aylansin!” janob Shuhrat Rizayev, Kinematografiya agentligi direktori.
EU in Uzbekistan
Matbuot anjumanida FOCUS Kino va Teatr Maktabining rahbari Mariya Musakova so'zga chiqdi. U maktab faoliyati haqida batafsil ma'lumot berdi va Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan EU-FOCUS FILM CAMP kinolar lageri loyihasini taqdim etdi. Ushbu noyob loyiha yosh iste`dodlarni birlashtirib, kino san'ati sohasida kasbiy rivojlanish va ijodiy o'z ifodasini topish imkoniyatini yaratadi.
EU in Uzbekistan
Festival dasturini yosh ukrainalik rejissyor Antonio Lukichning “Luksemburg, Luksemburg” filmi ochib berdi. Mazkur film Monte-Karloda XX xalqaro festivalda “Eng yaxshi rejissyorlik ishi” nominatsiyasida mukofotlangan. “PriFest” Prishtina Xalqaro Kinofestivali rahbarligida o‘tkazilgan “PriGlobal” Xalqaro badiiy filmlar haftaligining asosiy tanlovida namoyish etilib, “Eng yaxshi film” yo`nalishida g`olib bo`lgan.
Festival namoyishlari 29 noyabrdan 1 dekabrga qadar Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi Milliy kino san’ati saroyida (Panorama) bo‘lib o‘tadi. Filmlar maxsus jadval asosida, ya`ni har kuni soat 11:00, 14:00 va 19:00 da uchta film namoyish etiladi. Dasturda komediyalar va dramalar taqdim etiladi, ayniqsa, hujjatli filmlarga alohida e'tibor qaratilgan bo'lib, ularni har kuni soat 14:00 da tomosha qilishingiz mumkin.
11:00 va 19:00 badiiy filmlar namoyish etiladi, ularning orasida ajoyib bolgariyalik komediya “Jiguli” guruhi haqidagi haqiqatlar” va o`tkir oilaviy drama “Birinchi qor” — Finlyandiyada qochqinlik maqomini kutayotgan eronlik oila haqidagi hikoya namoyish etiladi.
Bu yilgi hujjatli filmlar tanlovi alohida e’tiborga loyiq. Dasturda “Imadning bolaligi” — hayotining yarmidan ko‘pini IShID asirligida o‘tkazgan bolakay haqida hikoya qiluvchi film, shuningdek, “Urush - uch ayol nigohida” — Ikkinchi jahon urushi voqealarini yoritgan, birinchi ayol muxbirlar sifatida tarixga kirgan, uch yangilikka intiluvchi jurnalistlarning ilhomlantiruvchi portreti o‘rin olgan.
Har bir film, albatta, tomoshabinlar e'tiboriga loyiqdir!
Shuningdek, dasturda O'zbekiston Milliy universiteti, Farg'ona politexnika universiteti va Nukus shahridagi Qoraqalpog`iston tibbiyot institutida namoyishlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu maxsus namoyishlar Erasmus+ ta'lim dasturi yordamida tashkil etilgan bo‘lib, Yevropa Ittifoqi moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi bilan amalga oshirilmoqda.
O'zbekistonda Erasmus+ dasturi O'zbekiston oliy o'quv yurtlari va Yevropa ta'lim muassasalari o'rtasida ta'lim, akademik tezkorlik va hamkorlikni rivojlantirishga faol hissa qo'shmoqda. O‘zbekistondagi Erasmus+ milliy ofisi dastur faoliyatini muvofiqlashtiradi, mahalliy universitetlarni qo‘llab-quvvatlaydi va talaba, o‘qituvchi va boshqa ishtirokchilarga ma'lumot beradi.
Ushbu tadbirlarning maqsadi — talabalarni Yevropa madaniyati bilan tanishtirish. Talaba yoshlar Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi va Yevropa davlatlari elchixonalari vakillari bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Rejaga ko`ra, nafaqat tomosha qilingan filmlardan olingan taassurotlar, balki ta'lim dasturlari bilan bog‘liq masalalarni ham muhokama qilish ko‘zda tutilgan.
Muhim xabar:
- Yevropa kinofestivali Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Milliy kino san’ati saroyida (Panorama) bo‘lib o‘tadi: seanslar 29 noyabrdan 1 dekabrgacha.
- Namoyishlarga kirish bepul va navbat asosida amalga oshiriladi.
- Barcha filmlar original tilda, o‘zbek va ingliz tillarida subtitrlar bilan namoyish etiladi.
Filmlar katalogi va namoyish dasturi bilan Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi ijtimoiy tarmoqlarida tanishishingiz mumkin: Telegram, Facebook, Instagram
Yevropa Ittifoqi haqida
Yevropa Ittifoqi — bu 27 ta Yevropa davlatini birlashtiruvchi iqtisodiy va siyosiy ittifoqdir. Uning asosida inson qadr-qimmatini hurmat qilish, erkinlik, demokratiya, tenglik, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini, shu jumladan, ozchilikka mansub shaxslarning huquqlarini hurmat qilish kabi qadriyatlar yotadi. Yevropa Ittifoqi global miqyosda barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlab, jamiyat, atrof-muhit va iqtisodiyotning rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi Delegatsiyasi.
Xalqaro biznes markazi, Amir Temur shoh koʻchasi, 107B, 100084, Toshkent, O’zbekiston
Telefon raqamlar: +998 78 120 16 01/02/03/04
Faks: +998 78 120 16 08
E-mail: [email protected]