This isn't an official website of the European Union

GSP+ - O'zbekistondagi asl muvaffaqiyat hikoyasi

10.01.2024

 

Umumlashtirilgan Imtiyozlar Tizimi (GSP), rivojlanayotgan mamlakatlarni YeIga eksportiga ko‘mak berish uchun YeIning asosiy savdo usuli hisoblanadi. GSP+ maqomini olgach mamlakat Yevropa bozoriga 6000dan ko‘proq turdagi tovarlarni eksporti uchun soliqlardan ozod qilinadi. Hozircha dunyodagi 8tagina mamlakat bunday imtiyozli shartlardan foydalanmoqda, va O‘zbekiston ular qatorida.

Remote video URL

 

O‘zbekiston GSP+ga qo‘shilgan vaqtdan beri uni YeIga eksporti sezilarli darajada o‘sdi. 2019dan to 2022 yilgacha bo‘lgan davrda GSP doirasida O‘zbekistondan YeIga import qilingan tovarlar narxi 2022 yilda 450 million yevrodan ko‘proqni tashkil etib, to‘rt marotaba ko‘proqqa oshdi (har bir Yevropalik iste’molchiga deyarli bir yevrodan). GSP mezonlariga mos keladigan tovarlarni O‘zbekistondan eksporti 2019 yilda 93 million yevroni tashkil qilgandi va, qaytaraman, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 450 million yevroni tashkil qildi. Bu narsani biz muvaffaqiyat deb atashimiz mumkin!

Bundan tashqari, import bojlarini bekor qilinishi tufayli O‘zbekiston eksportchilari 2022 yilda 28 million yevrodan ko‘proq tejab qoldilar. Bu esa YeI byudjetiga tushadigan, YeI bozoriga kirish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 28 million yevroni tejab qolish va kompaniyalar hamda xususiy sektorni yanada rivojlanishi uchun imkoniyat berilganini anglatadi. Bu YeIning o‘tgan yilgi O‘zbekiston xususiy sektori rivojiga qo‘shgan hissasidir. 2019 yilga taqqoslaganda bu hissa o‘n barobardan ko‘proqqka o‘sgan (2,5 million yevrodan 2022 yilda deyarli 28 milliongacha).