Farg‘ona vodiysida iqlimga chidamli suv resurslarini boshqarish
10 oktabr 2022 yil. 24-25 oktabr kunlari BMTTD O‘zgidromet bilan hamkorlikda Farg‘ona vodiysidagi tanlangan pilot (milliy) daryolar havzasida iqlim o‘zgarishining hozirgi holati va odamlar hayotiga potentsial ta’sirini yaxshiroq tushunish maqsadida havzalarni rejalashtirish bo‘yicha ikkinchi seminar o‘tkazdi. Tadbir 2022-yil 29-30 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan birinchi seminarning davomi. Unda 40 nafar davlat mutasaddilari, havza tashkilotlari, mahalliy va milliy suv mutaxassislari va ekspertlari bilan birgalikda Farg‘ona vodiysidagi 3 ta pilot (milliy) daryo havzasi tanlab olindi. Bu safargi maqsad, daryo havzasining uchta pilot daryolar rejasiga kiritish uchun mavjud iqlim bilan bog'liq xavflarni muhokama qilish, iqlim o'zgarishi bilan bog'liq xavflarni bartaraf etish bo'yicha keyingi qo'shma harakatlar rejasini ishlab chiqish.
Tadbir, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi va barqarorlik” BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zgidrometning loyihasi doirasida tashkil etildi. Loyiha Farg‘ona vodiysi, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi transchegaraviy zonada barqarorlik va iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Loyihaning asosiy rejalaridan biri Farg‘ona vodiysining milliy qismida suv resurslaridan barqaror foydalanishni yaxshilash maqsadida daryolar havzasini boshqarish rejalarini takomillashtirishdir.
Ishtirokchilar Maylisoy, Shoximardonsoy va Podshoota daryolarining tanlangan havzalarida mavjud suv va ekologik muammolarni qayd etib, iqlim o‘zgarishi xavfi bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berdilar. Transchegaraviy hamkorlik keyingi rejalashtirishda muhim o‘rin tutganligi sababli, ishtirokchilar O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonning ushbu yo‘nalishdagi birgalikdagi harakatlarini takomillashtirishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqdilar.
Farg‘ona vodiysi daryolarida ob-havoning keskin o‘zgarishi, xususan, sel oqimlari ko‘payib bormoqda va bu tahdidlar mahalliy aholini erta ogohlantirish mexanizmlari yo‘qligi sababli tabiiy ofatlarga olib kelishi mumkin. Bu masala ham ishtirokchilarning muhokama markazida bo‘ldi. Ular iqlimning beqarorligi xavfini hisobga olgan holda suv siyosatini shakllantirdilar va Farg‘ona vodiysi aholisini yaqinlashib kelayotgan tabiiy ofatlarni bashorat qilish va xabardor qilish imkonini beruvchi daryolar havzasini boshqarish rejalarini ishlab chiqdilar.
Kichik daryolar havzalarini barqaror boshqarish uchun ekspertlar resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish, tabiiy ofatlardan so‘ng kanallarni tiklash, suv hisobi tizimini raqamlashtirish zarurligini ta’kidlab, 2023-yilga mo‘ljallangan konsolidatsiyalangan harakatlar matritsasini tayyorladilar.
Tadbir so‘ngida joylarda iqlim o‘zgarishining xavf-xatarlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Podshota daryosi havzasiga sayohat uyushtirildi.