This isn't an official website of the European Union

EU-AGRIN: Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish

Loyihaning umumiy maqsadi O‘zbekistonning agro-oziq-ovqat sektorida yashil iqtisodiyotga inklyuziv o‘tish va O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida iqlimga mos bilimlar va innovatsiyalar tizimini joriy etishga hissa qo‘shishdan iborat. Loyiha kichik fermerlarni, oilaviy tadbirkorlikni, shuningdek, mikro va kichik agrobiznesni jalb qilish orqali qishloq xo‘jaligida ilmiy tadqiqotlar, bilim va amaliyotlarni yanada yaxshiroq integratsiyalash uchun muhit yaratadi.

Loyiha doirasida hal qilishi kutilayotgan asosiy muammolar

Loyiha iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirishga, qishloq joylarda turmush darajasini yaxshilashga hamda uy xoʻjaliklari, jumladan, qishloq xoʻjaligi va agrobiznesda band boʻlgan ayollarning bandligi va daromadlari oʻsishiga yordam beradi. Yashillashtirish va iqlim o‘zgarishi masalalari jamiyat darajasidan mintaqaviy va milliy darajalargacha barqaror rivojlanishga ko‘maklashuvchi barcha darajalarda qarorlar qabul qilishda ko‘rib chiqiladi.

Asosiy tadbirlar

  • Innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash xizmatlari va brokerlik xizmatlarini samarali yo‘lga qo‘yish hamda qishloq-oziq-ovqat sektorida iqlim bo‘yicha chora-tadbirlarni kengaytirish uchun siyosat va me’yoriy-huquqiy bazalarni izchil ishlab chiqish va amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash.
  • Qishloq-oziq-ovqat sektorida innovatsiyalar bo'yicha ishchi guruhlarni yaratish va iqlimga mos qishloq xo'jaligini rivojlantirish va yashil qishloq-oziq-ovqat qiymat zanjiriga o'tish bo'yicha innovatsion takliflarni to'plash.
  • Operatsion guruhlar a'zolari va hamkorlarini qishloq-oziq-ovqat sektoridagi innovatsiyalar bo'yicha o'qitish, salohiyatni oshirish va texnik maslahatlar berish.
  • Qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishiga moslashish va sohaning iqlimga salbiy ta’sirini yumshatish Iqlim o'zgarishiga moslashish va Iqlim o'zgarish ta'sirlarni yumshatish texnologiyalarini joriy etishni nazarda tutuvchi innovatsion loyihalarni maqsadli moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va investitsiyalar bilan ta'minlash.

Kutilayotgan natijalar

Loyiha kichik va oilaviy fermerlarni, shuningdek, mikro va kichik agrobiznesni jalb qilish orqali qishloq xo‘jaligida tadqiqot, bilim va amaliyotni yaxshiroq integratsiya qilish uchun muhit yaratadi.

Natijalar

  • 2023 yil 7 iyulda Prezident innovatsion sheriklik va innovatsion guruhlarni qo'llab-quvvatlashto‘g‘risidagi qarorni imzoladi. 18 ta innovatsion guruhlar tashkil etildi.
  • Yevropa Ittifoqining asosiy institutlari bilan hamkorlik CREA – Italiya tadqiqot markazi bilan kelishuvga olib keldi.
  • O‘zbekiston ilmiy-tadqiqot institutlarining texnik salohiyatini oshirish maqsadida laboratoriyalar uchun maxsus zamonaviy jihozlar va boshqa zarur jihozlar xarid qilindi.
O‘zbekiston, loyiha hududlari – Toshkent, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari
EUR 4.150.000
Ongoing
Agriculture & Food Security
Qishloq xo‘jaligi
Contact Details

Project manager Mr Ulugbek Islamov

European Union
UNDP in Uzbekistan
The Ministry of Agriculture of the Republic of Uzbekistan
EUR 4.150.000
DeSIRA