Asossiz, bema'ni urushga bir yil.
Bugun Ukrainaning O'zbekistondagi elchixonasi 2022 yil 24 fevralda Rossiya Federatsiyasining Ukraina hududiga keng ko'lamli bostirib kirishi oqibatida Ukraina xalqining azob-uqubatlari xotirasiga bag'ishlangan tadbir tashkil etdi. Tadbirda elchilar, elchixonalar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va jurnalistlar ishtirok etdi.
Ukrainaning O'zbekiston Respublikasidagi elchisi, Nikolay Doroshenko o'z nutqida shunday dedi:
"Men bu yerda Ukrainaning omon qolishiga katta hissa qo'shayotgan barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlarning vakillariga minnatdorlik bildiraman. Bunday narsalar unutilmaydi, ular avlodlar xotirasida genetik kod bilan yoziladi va kelgusi o'nlab yillar davomida kelajakdagi munosabatlarni belgilaydi."
O'z navbatida, Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi Delegatsiyasi muvaqqat ishlar vakili Janob Mindaugas Kacherauskis ta'kidlab o'tdi:
"Yevropa Ittifoqi va hamkorlarimiz uchun "uch tomonlama strategiyamiz" yo'nalishini davom ettirishning muqobil varianti yo'q: Ukrainani qo'llab-quvvatlash, Rossiyaga uning noqonuniy tajovuzini to'xtatish uchun bosim o'tkazish va dunyoning qolgan qismiga uning oqibatlarini yengishga yordam berish. Bu biz bir yildan beri qilayotgan ishimiz - va u muvaffaqiyatli davom etmoqda."
#WeStandWithUkraine