This isn't an official website of the European Union

Aholiga yordam: bir ko‘prik hikoyasi

26.06.2023
Remote video URL

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida joylashgan “Yuqori Jo‘sh” mahalla fuqarolar yig‘ini tog‘li hududda jo‘ylashgani uchun qish va bahor mavsumlarida kuchli sel toshqinlari yuz berish ehtimoli yuqori. Agar sel oqimi kuchli bo‘lsa, asosiy qatnov yo‘lini berkitib qo‘yadi. Natijada bolalar maktabga, kattalar bozorga, shifoxonaga qatnashda qiyinchilikka duch keladi.

“Yuqori Jo‘sh” mahallasida 318 uy xo‘jaligi bor, 2450 nafar aholi yashaydi va 300 ziyod maktab o‘quvchilari bor. 

 “Shu mahallani eng yuqori qismida turaman, shu yerda meni nevaralarim ham birinchi sinfdan boshlab maktabga boradi. Qishda nihoyatda qiyin, ayniqsa bahorda. Bu maktabga boshqa qishloqlardan ham kamida 300 o‘quvchi qatnaydi. Ikki yil ilgari bahorda kelgan sel avtobusni oqirib tushurdi. Shuning uchun bu yerda bolalar va aholi uchun ko‘prik kerak” – deydi mahalla faoli Zoir Bo‘xtayev.

Yuqori Jo'sh bolalar

Har yili sel oqqanda ustilarimiz kir boladi, oyoq kiyimlarimiz esa loy boladi, ba’zida maktabga sel tufayli bora olmaymiz. Bizga, iltimos, koprik qurib beringlar” -  deya mahalliy bolalar sel paytlari maktabga borish qo‘rquvi haqida so‘zlab berishdi. Sababi - o‘tgan yili bir bolani sel oqizib ketgan.

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan, “Yuksalish” umummiliy harakati va “Taraqqiyot” aholiga turmush tarzini rivojlantirishga ko‘maklashish markazi tomonidan amalga oshirilgan “Aholiga yordam” loyihasida O‘zbekistonning olis qishloq hududlarining kichik infratuzilmasini yaxshilash ko‘zda tutilgan. Buning uchun “Yuqori Jo‘sh” mahallasining faollari, aholi bilan maslahat uchrashuvlari o‘tkazildi. Suhbat davomida aholi mahallaga, birinchi galda, ko‘prik qurib berilishini so‘ragan va bunga ovoz bergan.

Muhokamalardan so‘ng, joriy yilning iyun oyida “Yuqori Jo‘sh” MFY aholisi uchun piyodalar o‘tish ko‘prigi qurib berildi. Natijada odamlarning mushkuli oson bo‘ldi, endilikda ular manzillariga oson va xavfsiz yetib olishmoqda.

Hikoya haqida batafsil video lavhada.