Aholiga yordam: Andijonlik Marxabo Mirzakarimova hikoyasi
2020 yilgi COVID-19 pandemiyasi paytida Andijon viloyatining Jalquduq tumanida yashovchi Marxabo Mirzakarimova yolg‘iz qizi bilan mushkul ahvolga tushib qolgan edi. U nafaqat asosiy, balki qo‘shimcha daromadini ham yo‘qotdi. Uning turmush o‘rtog‘i esa ko‘p yillar oldin chet elga ishlashga ketib qaytib kelmagan. Pandemiyadan oldin Marxabo mahalliy maktabda dars bergan, tikuvchilik bilan shug‘ullangan va qo‘shimcha daromad izlab uy yumushlari bilan bir qatorda mavsumiy ishlarda ham faoliyat yuritishga harakat qilgan.
Biroq, karantin cheklovlari tufayli oilaning yagona boquvchisi bo‘lgan Marxabo daromadidan ayrildi. U qo‘shnilaridan Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan “Aholiga ko‘mak” loyihasi faoliyati haqida eshitib, yordam so‘rab murojaat qildi.
2020 yilda O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqining 1 000 000 yevro miqdoridagi mablag‘i hisobidan O‘zbekistonda COVID-19 pandemiyasining fuqarolik jamiyatiga ta’sirini kamaytirish dasturi ishga tushirildi. Dastur doirasida “Yuksalish” umummilliy harakati “Taraqqiyot” markazi bilan hamkorlikda “Aholiga yordam” loyihasini amalga oshirishga kirishishdi. Shunday qilib, 2021 yil sentabr oyida Andijon viloyati Xonobod shahri va Jalaquduq tumanining chekka tumanlarida yashovchi 116 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj fuqaroga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi. Ular orasida Marxabo Mirzakarimova ham bor edi.
– Pulni olib, bozorga borib, ko‘rpacha tikish uchun matolar oldim. 10 ta ko‘rpachadan boshladim, endi esa buyurtmalarning oxiri yo‘q. Men daromadimdan mamnunman. Sevimli ishim tufayli qizimning o‘qishi uchun kontrakt pulini to‘lashga, uyni ta’mirlashga muvaffaq bo‘ldim, chunki oldin biz bir xonada yashshga majbur edik. Hovlida faqat bitta devor bor edi va hech qanday qulaylik yo‘q edi, - deydi tadbirkor ayol.
Marxabo qizi Oydinoy Andijon davlat universitetining talabasi. 7-8 yoshida onasidan tikuvchilikni o‘rgangan bo‘lsa, endi bo‘sh vaqtida ishda yordam beradi. Hozir Marxaboning ikkita shogirdi bor. Rejalariga biznesni kengaytirish va yangi xodimlarni jalb qilish kiradi, bu esa o‘z navbatida yangi ish o‘rinlarini yaratadi.
Marxaboning hikoyasi bilan video orqali tanishib oling.