This isn't an official website of the European Union

Aholiga yordam: Andijonlik Marxabo Mirzakarimova hikoyasi

15.06.2023

- Qor yogʻar edi. Telefon jiringladi. Bu mening otam edi. U singlimni uyiga isinish uchun chiqdikmi deb soʻradi. Singlim qo‘shni uyda yashaydi. Biroq, biz hech qayerga chiqa olmagan edik. Qizim bilan isinish uchun sellofan bilan oralgan supada o‘tirar edik,

– deydi Marxabo Mirzakarimova karantin vaqtlarini eslab.

Remote video URL

2020 yilgi COVID-19 pandemiyasi paytida Andijon viloyatining Jalquduq tumanida yashovchi Marxabo Mirzakarimova yolg‘iz qizi bilan mushkul ahvolga tushib qolgan edi. U nafaqat asosiy, balki qo‘shimcha daromadini ham yo‘qotdi. Uning turmush o‘rtog‘i esa ko‘p yillar oldin chet elga ishlashga ketib qaytib kelmagan. Pandemiyadan oldin Marxabo mahalliy maktabda dars bergan, tikuvchilik bilan shug‘ullangan va qo‘shimcha daromad izlab uy yumushlari bilan bir qatorda mavsumiy ishlarda ham faoliyat yuritishga harakat qilgan.

Biroq, karantin cheklovlari tufayli oilaning yagona boquvchisi bo‘lgan Marxabo daromadidan ayrildi. U qo‘shnilaridan Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan “Aholiga ko‘mak” loyihasi faoliyati haqida eshitib, yordam so‘rab murojaat qildi.

2020 yilda O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqining 1 000 000 yevro miqdoridagi mablag‘i hisobidan O‘zbekistonda COVID-19 pandemiyasining fuqarolik jamiyatiga ta’sirini kamaytirish dasturi ishga tushirildi. Dastur doirasida “Yuksalish” umummilliy harakati “Taraqqiyot” markazi bilan hamkorlikda “Aholiga yordam” loyihasini amalga oshirishga kirishishdi. Shunday qilib, 2021 yil sentabr oyida Andijon viloyati Xonobod shahri va Jalaquduq tumanining chekka tumanlarida yashovchi 116 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj fuqaroga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi. Ular orasida Marxabo Mirzakarimova ham bor edi.

 

Pulni olib, bozorga borib, korpacha tikish uchun matolar oldim. 10 ta korpachadan boshladim, endi esa  buyurtmalarning oxiri yoq. Men daromadimdan mamnunman. Sevimli ishim tufayli qizimning oqishi uchun kontrakt pulini tolashga, uyni ta’mirlashga muvaffaq boldim, chunki oldin biz bir xonada yashshga majbur edik. Hovlida faqat bitta devor bor edi va hech qanday qulaylik yoq edi, - deydi tadbirkor ayol.

Marxabo qizi Oydinoy Andijon davlat universitetining talabasi. 7-8 yoshida onasidan tikuvchilikni o‘rgangan bo‘lsa, endi bo‘sh vaqtida ishda yordam beradi. Hozir Marxaboning ikkita shogirdi bor. Rejalariga biznesni kengaytirish va yangi xodimlarni jalb qilish kiradi, bu esa o‘z navbatida yangi ish o‘rinlarini yaratadi.

Marxaboning hikoyasi bilan video orqali tanishib oling.