This isn't an official website of the European Union

“Yevropa Kuni” festivali Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yaqqol namoyon etdi

6-mayda Toshkentda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi tomonidan tashkil etilgan Yevropa Kuni tadbirlari doirasida “Yevropa Kuni” festivali o‘tkazildi.  Festivalda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan taqriban 40 ta loyiha taqdim etildi. Loyihalar Yevropa Ittifoqi va Yevropa Jamoasi tomonidan moliyalanadi. Festivalga 5 000 dan ziyod kishi tashrif buyurdi, bu uni O‘zbekistonni Yevropa Ittifoqi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini namoyish etuvchi keyingi yillardagi eng yirik tadbirga aylantirdi.

Festivalda Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning Markaziy Osiyoda, jumladan Orolbo‘yi mintaqasida iqlim o‘zgarishi va barqarorlik, O‘zbekistonda gender tenglik va ayollar huquqlarini ilgarilatish uchun fuqarolik jamiyati, hamjamiyatlar va hokimiyat organlari qadriyatlarining mustahkamlanishi, qattiq chiqindilarni qayta ishlash tizimlarining rivojlanishi, Erasmus+ ta'lim dasturlari, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat, davlat xizmatlarini ko‘rsatish va boshqalar kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha 40 ta atrofida loyiha taqdim etildi

Europe Day Festival

Europe Day Festival

“2023 yil Yevropa ko‘nikmalar yili deb e'lon qilingani sababli, men bugun odamlar bizning loyihalarimizga qiziqish bildirayotganlaridan juda mamnunman. Yevropa Ittifoqi tomonidan O‘zbekistonda moliyalanayotgan dasturlar ichida ayollarga, yoshlarga va chekka viloyatlar aholisiga ta'lim olish imkoniga ega bo‘lishda yordam beradigan dasturlar bor. Bu loyihalar O‘zbekiston aholisiga ularning yanada kamol topishiga xizmat qiluvchi yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari uchun ko‘proq imkoniyatlar taqdim etadi”,- Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian.

EU Ambassador to Uzbekistan

Toshkent Botanika bog‘ida o‘tgan festival keng omma uchun ko‘ngilochar qismni ham o‘z ichiga oldi. Mehmonlarni o‘zbek estradasi yulduzlari, mavzuiy fleshmoblar, mahorat saboqlari, ijodiy va sport tadbirlari, shuningdek raqs hududlari mamnun etdi.

Europe Day Festival

Ma'lumot uchun

Yevropa Kuni to‘g‘risida

Yevropa Kuni – bu Fransiya tashqi ishlar vaziri Robert Shumanning nutqi xotirasiga bag‘ishlangan – «Shuman deklaratsiyasi» imzolanganligining har yili nishonlanadigan sanasidir. Robert Shuman o‘zining ushbu tarixiy nutqini 1950-yil 9-mayda so‘zlagan va u Yevropa Ittifoqining tashkil etilishiga olib kelgan. Uning nutqi Deklaratsiyaga aylandi,  hujjat imzolangan sana esa Yevropada tinchlik va birdamlikni saqlab qolishga xizmat qiluvchi sana sifatida har yili nishonlanadi. Hozirda Yevropa Kuni barcha Yevropa mamlakatlarida, shuningdek hamkor mamlakatlar, xususan O‘zbekistonda ham ommaviy nishonlanadi.