This isn't an official website of the European Union

Yevropaning Markaziy Osiyo bilan barqaror transport qatnovi bo‘yicha tadqiqot

Keng qamrovli, barqaror, qoidalarga asoslangan va insonlar uchun mo‘ljallangan Yevropa Ittifoqining o‘zaro bog‘liqlikka yondashuvini ilgari surish maqsadida – hamda YYevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha Strategiyasi (2019) va “Global darvoza” - Global Gateway (2021) Strategiyasini amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida Yevropa Komissiyasi Yevropani Markaziy Osiyoni birlashtiruvchi barqaror transport yo‘lagi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Tadqiqot Yevropa komissiyasining rahbarligida va moliyaviy ko‘magida 2021 yilning noyabr oyidan to 2023 yilning iyun oyigacha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan amalga oshirildi.

Tadqiqot ikki maqsadni ko‘zladi:

  1. Markaziy Osiyoning beshta Respublikasini (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston) Yevropa Ittifoqining kengaytirilgan TransYevropa transport tarmog‘i (TEN-T) bilan bog‘lovchi, ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy va fiskal barqarorligi, hamda siyosiy rivojlanishni inobatga olgan holda yo‘lakni qat’iy talabchanlik mezonlari, baholashga asoslangan holda eng barqaror transport yo‘laklarini aniqlash;
  2. Ham yumshoq infratuzilma, hamda jismoniy infratuzilma (qattiq infratuzilma) nuqtai nazaridan aniqlangan ulanish joylarini rivojlantirish bo‘yicha taklif, shu jumladan, transport yo‘laklarini rivojlantirishga qaratilgan kelishilgan va barqaror yondashuv asosida ularning ustuvorliklarini belgilash.

Geografik nuqtai nazardan tadqiqotda Markaziy Osiyoning ushbu beshta davlati o‘rtasida eng barqaror transport qatnovini amalga oshirishi mumkin bo‘lgan mavjud va yangi yo‘laklari, shu bilan birga Yevropa Ittifoqining 27ta a’zo davlatlarini va uning G‘arbiy Bolqon, Sharqiy hamkorlik davlatlari (shu jumladan, Kavkaz) va Turkiya tomon kengayishini qamrab oluvchi TEN-T bilan aloqalari bir qatorda baholandi.

Bu mintaqadagi transport tarmoqlari bilan joriy vaziyat baholangandan, hamda manfaatdor tomonlar, jumladan, nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari, balki Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar, xususiy sektor, BMTning tegishli organlari, tegishli xalqaro tashkilotlar va uyushmalar, Xalqaro moliya institutlari (XMI), fuqarolik jamiyati tashkilotlari, manfaatlar bo‘yicha guruhlar va ko‘plab boshqalar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng amalga oshirildi.

Tadqiqot (to‘liq natijalar bilan quyida tanishish mumkin) butun mintaqa bo‘ylab infratuzilmaga investitsiyalarga 33ta jiddiy ehtiyoj borligini (mavjud temir yo‘llarni modernizatsiyalash/ta’mirlash, qo‘shimcha temir yo‘l/avtoyo‘l qatnovlari, transport parkini kengaytirish, bandargohlarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, harakat tarkibi, logistika markazlari, ombor binolarini va boshqalarni kengaytirish bilan bog‘liq bo‘lgan, hamda o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlashning yumshoq komponenti bo‘yicha yettita kelishilgan harakatlarni aniqlagan (savdo jarayonlarini, tartibga solish choralarini, raqamlashtirishni, tariflarni uyg‘unlashtirish, bojxona nazoratini,  funksional moslashuv, bozorni liberallashtirish va boshqalarni soddalashtirish). Bularni barchasi aniq, bajarilishi mumkin bo‘lgan real harakatlar, ular raqobatbardoshlikka, iqtisodiy jozibadorlikka va transkaspiy transport birlashmalarining ishlash samaradorligini oshirishga ko‘mak berishi mumkin va Markaziy Osiyoning barcha beshta davlati uchun bir-biri bilan va Yevropa bilan aloqalarni yaxshilash hisobiga o‘zlarining barqaror iqtisodiy rivojlanishlarini maksimal darajada oshirishlariga imkoniyatlarni yaratadi.

Asosiy xulosalar 2023 yilning 19 may kuni Olmaotada (Qozog‘iston) bo‘lib o‘tgan ikkinchi Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo Iqtisodiy forumda ijrochi vitse-prezident Valdis Dombrovskis tomonidan taqdim etilgan tadqiqotda ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va soliqlar barqarorligi, hamda siyosiy rivojlanishni inobatga olgan holda barqarorlik keng ma’noda nazarda tutilgan. 

Tadqiqot natijalari bo‘yicha 2023 yilning kuzida manfaatdor tomonlar bilan mana shunday turkum maslahatlashuvlar o‘tkaziladi va, hamda, tadqiqotda aniqlangan, “Yevropa jamoasi” - Team Europe yondashuvi doirasidagi loyihalar bo‘yicha kelgusidagi aniq harakatlarni ta’minlash uchun 2024 yilning boshiga rejalashtirilgan investorlar Forumi o‘tkaziladi.