Yevropa Ittifoqi BMT UNOPS bilan Markaziy Osiyoda Fuqarolik Jamiyatini Kuchaytirish borasida hamkorlik qilmoqda
Loyiha Qozog‘istonning Ostona shahrida joylashgan mintaqaviy loyiha jamoasi tomonidan muvofiqlashtiriladi va Markaziy Osiyo FJTlariga atrof-muhitni muhofaza qilish, suv, energiya sohasidagi o‘tishi va iqlim o‘zgarishi, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yoki raqamlashtirish kabi mintaqaga ta'sir qiluvchi umumiy masalalar bo‘yicha tajriba almashish imkoniyatini beradi. 2019 yilda ishga tushirilgan Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo Fuqarolik Jamiyati Forumlarining muvaffaqiyatidan foydalangan holda va Daniya Inson Huquqlari Instituti (DIHR) bilan hamkorlikda, loyiha O‘rta Osiyo FJTlarining mintaqaviy muloqotlarda ishtirokini va aloqasini oshirishni maqsad qilgan.
Yevropa Ittifoqining Qozog‘istondagi delegatsiyasi Hamkorlik bo‘limi rahbari Johannes Baur:
“Ushbu tashabbus Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlashga sodiqligining yaqqol isbotidir. FJTlarning salohiyatini oshirish va mintaqaviy hamkorlikni rag‘batlantirish orqali biz mintaqada rivojlanish va bilim almashishiga hissa qo‘shishimiz mumkin, shuningdek, fuqarolik jamiyatini bizning Global Gateway ustuvorliklarimiz va Markaziy Osiyadagi Team Europe tashabbuslariga jalb qilishimiz mumkin.”
Loyihaning muhim jihati Markaziy Osiyo FJTlari uchun salohiyatni rivojlantirish bo‘ladi. UNOPS tashkilotlarga tegishli qonunlarga rioya qilish va moliyaviy resurslarni samarali boshqarish imkoniyatlarini yaxshilashga va amaliy salohiyatlarini oshirishga yordam beradi va treninglar o'tqazadi.
UNOPS Avstriya Ko‘p Mamlakatli Idorasi direktori Freya von Groote loyihadagi UNOPS rolini ta'kidlab, shunday dedi:
“UNOPS ushbu tashabbusda Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik qilishdan mamnun. FJTlarning amaliy salohiyatini yuksaltirish va mintaqada texnik almashuvlar uchun platforma yaratib, Markaziy Osiyoda mavjud muammolar va imkoniyatlarga yechimlar ishlab chiqishga yordam beradi.”
Loyihada Markaziy Osiyodagi yosh yetakchilarni jalb qilishga ham e'tibor qaratiladi. 2022 yilda Samarqandda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo Yoshlari Ovozi Forumidan kelib chiqib, UNOPS yoshlar uchun barqaror rivojlanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va raqamlashtirish kabi mavzular bo‘yicha maxsus treninglar va bilim almashuv sessiyalarini taqdim etadi.
UNOPS haqida
UNOPS missiyasi odamlarga yaxshi hayot qurishda va mamlakatlarga tinchlik va barqaror rivojlanishda yordam berishdir. Biz Birlashgan Millatlar tashkiloti, hukumatlar va boshqa hamkorlarga loyihalarni boshqarishda, barqaror infratuzilma va xaridlarni samarali tarzda yetkazib berishda yordam beramiz. Batafsil ma'lumot: www.unops.org
UNOPS Avstriya Ko‘p Mamlakatli Idorasi haqida
2019 yilda tashkil etilgan UNOPS Avstriya Ko‘p Mamlakatli Idorasi (AUMCO) Avstriya, O‘rta Osiyo, G‘arbiy Bolqonning, Janubiy Kavkaz va Turkiyadagi 12 mamlakat bo‘yicha UNOPS dasturlari va ishlari uchun mintaqaviy markazni ifodalaydi. Vena shahridagi UNOPS global iqlim, transchegaraviy suv boshqaruvi, biologik xilma-xillik va atrof-muhitga oid tashabbuslarni boshqaruvchi Suv, Atrof-muhit va Iqlim Portfelini ham o‘z ichiga oladi. Batafsil ma'lumot:www.unops.org/austria
Yevropa ittifoqi haqida
Yevropa Ittifoqi 27 ta Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy va siyosiy birlashmasidir. U inson qadr-qimmatiga, erkinlikka, demokratiyaga, tenglikka, qonun ustuvorligiga va inson huquqlariga, jumladan, ozchiliklar huquqlariga hurmat qilish asosida tuzilgan. U barcha uchun foydali bo'lishi mumkin bo'lgan barqaror rivojlanishga, atrof-muhit va iqtisodiyotni rivojlantirishga global miqyosda hissa qo‘shish uchun harakat qiladi.
CONTACT DETAILS
Press contact details: Ramona LUPU, Communications Specialist at UNOPS Austria Multi-Country Office: [email protected]
Press and information team of the EU Delegation in Kazakhstan: [email protected]